TikTok va Twitter cheklangani haqida Kusherbayev: «Men qarshi bo‘lgan foydasiz qonun»

  •   DiMaX
  •  1391
  •  03.07.2021 17:27

TikTok va Twitter cheklangani haqida Kusherbayev: «Men qarshi bo‘lgan foydasiz qonun»

O‘zbekistonda kecha – 2021 yilning 2 iyul kuni TikTok hamda Twitter servislariga cheklov o‘rnatildi. Ommabop messenjer – Telegram uchun bu borada xavotirlar haqida Telegram Qo‘llab-quvvatlash Markazi vakili Davronbek Rustamovning shu haqdagi maqolasini ham e’tiboringizga havola etganmiz.

O‘QING: «Twitter bo‘lmasa GETTR-da»: Donald Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirdi

Parlament deputati Rasul Kusherbayev bu haqda o‘zining Telegram-kanali orqali quyidagilarni yozgan:

Qonun talablariga zid ravishda fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berayotgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklanibdi.

Men qarshi bo‘lgan foydasiz qonun.

O‘zbekistonda TikTok va Tvitterga kirishda uzilishlar kuzatilmoqda.

Fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini muxofaza qilish baxonasi bilan internetdagi ommabop tarmoqlarni cheklashga urinishdek ko‘rinayotgan bu ish ko‘proq salbiy oqibatga olib kelishi mumkin. Masalan, foydalanuvchilar ommaviy ravishda cheklovlarni chetlab o‘tuvchi VPN kabi dasturlardan foydalanishni boshlaydi, nazorat butkul yo‘qoladi. Kamiga fuqarolarni qonunbuzarga aylanishga majbur qilamiz.

Tankka qarshi ketmon bilan jang qilishdek «axborot asri»dagi juda kulguli va absurd qaror.

Fuqarolarning mulk huquqi buzilsa jimlik, uyidan haydalsa jimlik, yeri majburan olib qo‘yilsa jimlik, fermer sarson yursa jimlik... Lekin uning shaxsga doir ma’lumotlarini muhofaza qilishga kelganda keskin choralar...

G‘alatimasmi?

O‘QING: Nima uchun VPN'dan foydalanish kerak? (+bonus)