TikTok va Twitter uchun ozodlik yaqin

TikTok va Twitter uchun ozodlik yaqin

Kun.uz nashrining AKT vazirligi vakili bergan ma’lumotlarga asoslanib xabar berishicha, O‘zbekistonda qariyb bir yildan buyon blokda bo‘lgan Twitter, TikTok, Vkontakte va WeChat ijtimoiy tarmoqlari tez orada blokdan chiqarilishi mumkin.

Cheklovga mazkur tarmoqlar O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga oid ma’lumotlarni O‘zbekiston hududida joylashgan serverlarda saqlamayotgani sabab bo‘lgan. 2021-yil 16-apreldan kuchga kirgan qonunda shunday talab belgilangandi.

Bu qaror ijtimoiy tarmoqlar faollari tomonidan tinimsiz tanqidlarga uchrab kelayotgan bo‘lsa-da, blok hamon ochilmay qolmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.