TikTok va Twitter VPN'siz ishlamoqda

TikTok va Twitter VPN'siz ishlamoqda

Bugun, 16-mart tahminan soat 20:00 lar atrofida TikTok va Twitter ijtimoiy tarmoqlari hech qanday VPN tarmoqlarisiz ishlayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Jamoamiz tomonidan tekshirib ko‘rilganida, rostdan ham ijtimoiy tarmoqlar hech qanday qiyinchiliklarsiz erkin ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Ammo TikTok va Twitter hamon Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestri cheklangan ilovalar qatorida turibdi. Hozircha rasmiy munosabat berilmagan.

O‘tgan yili 16 apreldan boshlab “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga yangi qo‘shilgan 27-1 modda kuchga kirgan edi. Bu moddaga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga doir ma’lumotlar jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarda saqlanishi talab qilingan.

Qonun kuchga kirganidan bir necha oy o‘tib, u o‘z kuchini ko‘rsatdi va Twitter, TikTok va yana bir nechta ijtimoiy tarmoqlarning O‘zbekistondagi faoliyati cheklandi. Ilovalar bloklanganiga qaramay foydalanuvchilar VPN dasturlar bilan ijtimoiy tarmoqlarga kirishda davom etishyotgandi.

Yangilanish: 16-mart, soat 23:00 lar atrofida TikTok va Twitter'ga kirish yana cheklandi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ularga VPN bilan kirishmoqda.

O‘QING: Durov shaxsan o‘zi Ilon Maskni Telegram'ga taklif qildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!