TikTok’da bolalarni o‘zini o‘ldirishga undagan bloger fosh etildi

  •   DiMaX
  •  904
  •  29.01.2021 09:10

TikTok’da bolalarni o‘zini o‘ldirishga undagan bloger fosh etildi

Italiyaning Florensiya prokuraturasi TikTok tarmog‘idagi sahifasi orqali o‘z joniga qasd qilishga undaydigan ma’lumotlarni tarqatayotgan blogerni topdi. Bu haqda pochta politsiyasi vakili xabar bergan, deb yozmoqda Xabar.uz.

O‘QING: Universitetda TikTok fakulteti ochilishi mumkin!

Xavfli videolarni joylagan bloger Sitsiliyaning Sirakuza viloyatida yashovchi 48 yoshli ayol bo‘lib chiqdi. Prokuratura uning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini bloklashga qaror qilgan.

Bloger joylagan videoda erkak bilan ayol kim ko‘proq nafas olmasdan turishga bahslashadi. Politsiya ushbu videoni xavfli deb topib, italiyalik ayolni o‘z joniga qasd qilishga undashda aybladi. Tergov jarayonida ayol xavfli musobaqalardan iborat boshqa videolarni ham joylashtirgani aniqlandi. Uning sahifasiga 730 mingdan ortiq kishi obuna bo‘lgan.

Avvalroq, Italiyada 10 yoshli qizcha TikTok’ning blekaut deb nomlangan chellenjida qatnashib, vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shu munosabat bilan hukumat ijtimoiy tarmoqdagi yoshini hujjat asosida aniqlab bo‘lmaydigan barcha foydalanuvchilarning akkauntlarini bloklab qo‘ydi.

TikTok’dagilar esa qizni ushbu chellenjda ishtirok etishga undaydigan hech qanday ma’lumot topilmaganini ta’kidlamoqda. Shunday bo‘lsa-da, ijtimoiy tarmoq o‘z joniga qasd qilishga undovchi ma’lumotlarni tekshirishda hukumatga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

O‘QING: TikTok manguga bloklandi