TikTok’da yaqinda yangi funksiya ishga tushadi

  •   DiMaX
  •  582
  •  18.03.2021 14:57

TikTok’da yaqinda yangi funksiya ishga tushadi

Tobora ommalashib borayotgan TikTok ilovasida guruh chatlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu yangi funksiya shu yil ishga tushadi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

O‘QING: 14 yoshli TikTok-bloger qiz nogiron opasini o‘ldirib qo‘ydi

Guruh chatlarida xabar almashish imkoniyatini yaratish ByteDance kompaniyasining TikTok ilovasini «ijtimoiy muloqot ilovasi»ga aylantirish rejasining bir qismi hisoblanadi, degan agentlik manbasi.

Kompaniya guruh chatlari foydalanuvchilarning ilovada ko‘proq bo‘lishlariga yordam beradi deb hisoblamoqda. Shuningdek, yangi funksiya taniqli blogerlarga o‘z obunachilari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish imkonini beradi.

Reuters agentligining qayd etishicha, TikTok ichida suhbatlashish imkoniyatining yo‘lga qo‘yilishi ByteDance kompaniyasiga Facebook va boshqa yirik ijtimoiy tarmoqlar bilan raqobatlashishga yordam beradi.

Xabarda aytilishicha, ByteDance o‘tgan yili TikTok ilovasiga guruh chatlarini qo‘shishni rejalashtirgan, ammo Donald Trampning AQShda ushbu ilovani bloklashga urinishi bu rejaning amalga oshishiga xalaqit bergan.

O‘QING: O‘n beshta messenjerni birlashtiruvchi ilova chiqdi: Telegram, Twitter, Skype – barchasi bittada!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!