TikTok’dagi yangi chellenjdan bolalar halok bo‘lmoqda!

  •   DiMaX
  •  2154
  •  26.07.2021 11:23

TikTok’dagi yangi chellenjdan bolalar halok bo‘lmoqda!

Yaqinda Rossiyada o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, TikTok bolalar uchun eng xavfli ijtimoiy tarmoq deb topilgan edi. Unda tarqalgan xavfli chellenj haqida vice.com resursi yozmoqda.

O‘QING: O‘zbekistonlik tiktoker layk uchun 26 yillik qabrni kavladi (+video)

Mazkur ahmoqona chellenj Blackout Challenge deb nomlangan bo‘lib, unda kishi TikTok tarmog‘ida kamera oldida to hushini yo‘qotgunicha o‘zini bo‘g‘ib turadi. Hozirda bolalar va o‘smirlar orasida ommalashib ketgan ushbu xavfli «o‘yin» tufayli ulardan bir nechtasi halok bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, AQShning o‘zidayoq Blackout Challenge oqibatida kamida to‘rt nafar bola o‘zini nobud qilgan. Shulardan biri – Oklaxoma shtatidagi 12 yashar bola o‘z uyida behush holda topilgan. U nafas olmas edi, bo‘ynida esa o‘zini bo‘g‘ishdan qolgan dog‘ bor edi. Zudlik bilan kasalxonaga yetkazilganiga qaramasdan, ertasi kuni tongda uning joni uzilgan. Politsiyaning ta’kidlashicha, uning o‘limiga aynan shu chellenj sababchi bo‘lgan.

AQShdagi shunga o‘xshash yana ikkita holat esa Memfis va Kolorado shtatlarida yuz bergan bo‘lib, ularda 9 hamda 12 yashar bolalar hayotdan bevaqt ko‘z yumgan. Italiyada ham yaqinda bir qiz Blackout Challenge tufayli halok bo‘lgach, hukumat 13 yoshdan kichkina bolalarning TikTok’da ro‘yxatdan o‘tishini taqiqlab qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yaqinda – 2 iyul kuni TikTok hamda Twitter servislariga cheklov o‘rnatilgan edi.

O‘QING: TikTok va Twitter cheklangani haqida Kusherbayev: «Men qarshi bo‘lgan foydasiz qonun»

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!