Tiktokerlarni o‘ziga og‘dirish uchun YouTube ularning har biriga oyiga o‘n ming dollargacha to‘lamoqchi!

  •   DiMaX
  •  598
  •  06.08.2021 11:52

Tiktokerlarni o‘ziga og‘dirish uchun YouTube ularning har biriga oyiga o‘n ming dollargacha to‘lamoqchi!

Eng ommabop videoxosting bo‘lmish YouTube bultur YouTube Shorts nomli qisqa video xizmatini ishga tushirgan edi. Bu – Instagram ijtimoiy tarmog‘ining Reels xizmati hamda zamonaviy TikTok kabi, foydalanuvchilar qisqa videolar yuklashlari mumkin bo‘lgan servisdir.

O‘QING: TikTok’dagi yangi chellenjdan bolalar halok bo‘lmoqda!

Shorts xizmati kutilganidek ommalashmagani bois, YouTube uning targ‘ibotiga yirik mablag‘ tikishga qaror qildi. Foydalanuvchilar unga ko‘proq qiziqarli kontent joylashlari va o‘z auditoriyalarini shu servisga jalb etishlari uchun YouTube naq 100 million AQSh dollari miqdorida jamg‘arma ajratdi.

Bu pullardan eng yaxshi videolar mualliflariga haq to‘lab boriladi, ammo o‘z kontentidan pul ishlamoqchi bo‘lgan vlogerlarga YouTube alohida talablar qo‘yadi. Xususan, boshqa platformalardagi roliklarni Shorts’ga joylash mumkin emas, ayniqsa – ularda raqobatchi servislarning «suvli» belgilari ko‘rinib turgan bo‘lsa.

O‘QING: Taniqli TikTok-blogerni va yonidagi qizni kinoteatrda otib ketishdi

Videoblogerlarga ommabop kontentlari uchun YouTube to‘laydigan maksimal pul miqdori har muallifga oyiga o‘n ming dollarni tashkil etadi. Gonorar miqdori videoni nechta kishi tomosha qilganiga hamda foydalanuvchining yashash mamlakatiga bog‘liq.

Pulli rag‘batlantirish dasturi o‘nta mamlakatda amal qiladi va ular orasida O‘zbekiston yo‘q. Keyinchalik aholisi YouTube Shorts servisida pul ishlab olishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati kengaytiriladi.

YouTube hozirda Shorts servisiga reklama joylamayapti – ya’ni, undan o‘zi moddiy foyda ko‘rmayapti. Qisqa videolardan daromad olish usullarini u kelajakda joriy etsa kerak.

O‘QING: Birinchi raqamli bloger «xayriya»dan voz kechib, YouTube’da rekord o‘rnatdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!