TikTok'ga yangi raqobatchi: YouTube Shorts Rossiyaga kirib kelmoqda

TikTok'ga yangi raqobatchi: YouTube Shorts Rossiyaga kirib kelmoqda

Google rossiyalik foydalanuvchilar uchun YouTube Shorts servisining beta versiyasini ishga tushirganini e’lon qildi.

O‘QING: YouTube mobil ilovasiga ikkita foydali funksiya qo‘shilyapti

Ushbu servis o‘tgan yili Hindiston va AQShda ishlashni boshlagan va juda tez ommalashib ketgan edi. YouTube Shorts juda mashhur TikTok Shorts video almashish xizmati bilan raqobatlashish uchun mo‘ljallangan. Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, kunlik qisqa videoroliklar dunyo bo‘ylab 6,5 milliarddan ortiq tomosha qilinmoqda.

12 iyul sanasida Google Rossiya hududida YouTube Shorts beta versiyasini ishga tushirdi.

Bundan tashqari, mualliflar va rassomlarning fikrlarini inobatga olgan holda, Google YouTube Shorts'ga ko‘proq funksiyalarni qo‘shish rejalashtirilgan.
YouTube Shorts foydalanuvchiga bir nechta videolarni suratga olish va ulardan bitta video yasash, videokliplarni musiqa bilan yozib olish va yozish tezligini o‘zgartirishga imkon berdi.

Vaqt o‘tishi bilan videoning ba’zi qismlariga matn qo‘shish, boshqa Shorts videolaridan audio namunalar olish, ularni qayta ishlash, qisqa videofilmlarni qo‘shish, avtomatik subtitrlar qo‘shish, 60 soniyagacha bo‘lgan videolarni yozish funksiyalari servisga qo‘shildi. Shuningdek, bundan buyon YouTube Shorts foydalanuvchilari odatdagi YouTube videolaridan audiolar olishlari mumkin.

Rossiyada National Digital Aggregator allaqachon rasmiy musiqiy sherikga aylandi. Endi musiqa kutubxonasini bosqichma-bosqich kengaytirish rejalashtirilmoqda. YouTube Shorts (beta) bir necha hafta ichida barcha rus foydalanuvchilariga taqdim etiladi.

O‘QING: YouTube’ga hech kimga yoqmaydigan majburiy funksiya 1 iyundan qo‘shiladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!