TikTok’ka Amerikadagi biznesini sotish uchun Tramp to‘rt kun muhlat berdi

  •   DiMaX
  •  672
  •  12.09.2020 17:10

TikTok’ka Amerikadagi biznesini sotish uchun Tramp to‘rt kun muhlat berdi

AQSh rasmiylari TikTok video xizmati uchun muddatni uzaytirmoqchi emas, demak – uning taqdiri yaqin kunlarda hal qilinadi. Mamlakat prezidenti Donald Tramp o‘z farmonida belgilangan xizmatni sotish kunini ko‘chirmasligini aytdi.

O‘QING: Tramp bilan mojarolar tufayli TikTok rahbari iste’foga chiqdi

«Men ular uchun belgilangan muddatni uzaytirmayman. 15 sentyabr va tamom <...> Keling, nima bo‘lishini ko‘rib chiqaylik. Xizmat yo yopiladi yoki sotiladi», – dedi u jurnalistlarga.

Shuningdek Vashington, sun’iy aql elementlariga eksport cheklovlari tufayli TikTok bilan bitimni murakkablashtirishga qaror qilgan Xitoy demarshini hisobga olishni rad etdi. Bloomberg xabariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati ByteDance xizmati egasi Xitoy rasmiylari bilan kelishuvga erishishi uchun muddatni uzaytirish masalasini muhokama qilgan.

Agentlikning yozishicha, sotib olish uchun asosiy da’vogarlar – Microsoft va Oracle – bitimdan bosh tortmaydilar, ammo uni eksportga qo‘yilgan cheklovlar fonida bitimni tayyorlay olmadilar. Bundan tashqari, savdoda emas, balki Qo‘shma Shtatlarda arizani bekor qilish bilan bog‘liq yana ikkita muddat mavjud – 20 sentyabr va 12 noyabr.

O‘QING: Tramp baribir TikTok’ka bas kela olmadi!