TikTok’ka navbatdagi zarba: YouTube uning raqibini ishga tushirdi

  •   DiMaX
  •  1368
  •  15.09.2020 17:02

TikTok’ka navbatdagi zarba: YouTube uning raqibini ishga tushirdi

YouTube videoxostingi YouTube Shorts nomli qisqa video xizmatini ishga tushirgani haqida o‘z rasmiy blogida ma’lum qildi. TikTok kabi yangi xizmat 15 soniyali videolarni suratga olish imkonini beradi, unga YouTube’dan musiqa qo‘shishingiz mumkin.

O‘QING: Microsoft kompaniyasi TikTok’dan quruq qoldi

YouTube Shorts ilovasi hozircha Android qurilmalari foydalanuvchilari uchun mavjud, keyinchalik iOS operatsion tizimiga ega qurilmalar egalari uchun ishga tushirilishi va’da qilingan.

Sinov bosqichida Shorts faqat Hindistonda ishlaydi. Iyun oyi oxirida ushbu mamlakat rasmiylari TikTok va boshqa bir qator Xitoy dasturlarini, shu jumladan WeChat ijtimoiy tarmog‘i, UC brauzeri va Clash of Clans o‘yinini bloklagan. Hind hukumati o‘z qarorini ushbu ilovalarni mamlakatning «suvereniteti va yaxlitligiga zarar yetkazishi», uning xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid solishi bilan xaspo‘shlagan.

O‘tgan yilning noyabr oyida Instagram tomonidan shunga o‘xshash Reels xizmati ishga tushirilgan. Sinov bosqichida u faqat Braziliyada mavjud edi, 2020 yil avgustda u AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstraliya va Yaponiyani o‘z ichiga olgan 50 mamlakatda ishga tushirildi (O‘zbekistonda ham ishlayapti).

O‘QING: Instagram pul berib TikTok’dagilarni yangi servisiga og‘dirib olmoqchi!

YouTube’ning Shorts muqobil xizmatining ishga tushirilishi Amerika hukumati va TikTok xo‘jayinlari o‘rtasidagi ziddiyat fonida amalga oshirilmoqda. Qo‘shma Shtatlarda, Xitoy ilovasi foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlarini Xitoy rasmiylariga o‘tkazishi mumkin, deb ishoniladi.

Shu munosabat bilan AQSh prezidenti Donald Tramp 15 sentyabrga qadar TikTok’ning Amerika segmentini mahalliy kompaniyaga sotishni talab qildi. Aks holda, dastur «o‘yindan chiqadi», deya tahdid qildi u. Bundan tashqari, ushbu xizmatga egalik qiluvchi ByteDance 90 kun ichida Qo‘shma Shtatlardagi barcha aktivlarni sotishi va u to‘plagan shaxsiy foydalanuvchi ma’lumotlarini yo‘q qilishi kerak.

Microsoft TikTok’ni sotib olish niyatini e’lon qildi. Biroq, ByteDance unga arizani sotishdan bosh tortdi. Reuters manbalariga ko‘ra, xitoylar xaridor sifatida uning o‘rniga Oracle IT korporatsiyasini tanlagan.

O‘QING: 235 million nafar Instagram, YouTube va TikTok yuzerlarining shaxsiy ma’lumotlari chiqib ketdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!