TikTok’ni sotib olayotgan Microsoft kompaniyasi Tramp tahdididan so‘ng muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  457
  •  03.08.2020 18:03

TikTok’ni sotib olayotgan Microsoft kompaniyasi Tramp tahdididan so‘ng muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi

AQSh hukumati koronavirus uchun Xitoyga qarshi qasos sifatida TikTok'ni bloklash rejasini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgandik. Keyinroq esa Microsoft korporatsiyasi ushbu servisning Amerika bo‘linmasini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgan edi.

O‘QING: Instagram pul berib TikTok’dagilarni yangi servisiga og‘dirib olmoqchi!

Microsoft korporatsiyasi endi noiloj ushbu ishlarni to‘xtatib qo‘ydi, deb yozmoqda Daryo nashri. Bu kabi qaror AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqni mamlakat hududida taqiqlashi mumkinligi hamda TikTok’ni biror Amerika kompaniyasi sotib olishini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qilganidan so‘ng qabul qilingan.

Microsoft korporatsiyasi o‘zining saytida ma’lum qilishicha, Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok servisini xarid qilish borasidagi muzokaralar qayta boshlanadi.

O‘QING: TikTok sizning qaysi ma’lumotlaringizni yig‘ayotganidan xabaringiz bormi o‘zi?

Muzokaralarni qaytadan boshlash qarori Microsoft bosh direktori Satya Nadellaning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan suhbatidan so‘ng qabul qilingan.

«Microsoft ByteDance bilan muzokaralarga bir necha hafta ichida kirishadi, har qanday holatda ham u 2020 yilning 15 sentyabriga yakunlanadi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, iyul oxirlarida investorlar TikTok servisini 50 milliard dollarga baholagan edi.

Ma’lumot uchun, ByteDance TikTok’ni 2017 yilda xarid qilgan Musical.ly karaoke-ilovasi bazasida yaratgan. TikTok qisqa musiqiy video yaratishga, jonli efirlarni amalga oshirishga va xabar almashishga imkon beruvchi ijtimoiy tarmoq servisi hisoblanadi.

O‘QING: PUBG Mobile, AliExpress va yana uch yuzta xitoycha ilova xavf ostida!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!