TikTok’ning endi keragi yo‘q – undagi ajoyibotlar Instagram’ga ham qo‘shildi! (+videolar)

  •   DiMaX
  •  2454
  •  13.01.2020 11:11

TikTok’ning endi keragi yo‘q – undagi ajoyibotlar Instagram’ga ham qo‘shildi! (+videolar)

Google Play talqinida 2018 yilning eng zo‘r o‘yin, ilova, kitob, film va seriallari ro‘yxatida musiqiy fonli qisqa videolavhalar yaratuvchi va ulashiluvchi ijtimoiy tarmoq – TikTok ilovasi ham mavjud. 2019 yil so‘ngida App Annie tahlil firmasi e’lon qilgan O‘n yillikning eng ommabop o‘nta ilovasi reytingida esa u yettinchi o‘rinni olgan!

O‘QING: Bu ijtimoiy tarmoq ikki yildayoq Facebook va Instagram’dan o‘zib ketib, ikkinchi o‘ringa chiqib oldi!

TikTok’ning bunchalik tez ommalashuviga unda suratlar va videolarga turli effektlar bag‘ishlash imkoniyatlarining ko‘pligi sababchidir. Shunga monand, avvaldan keng foydalanishda bo‘lgan Instagram dasturchilari ham o‘z ilovalariga TikTok’da mavjud bo‘lgan effektlarni qo‘shishdi.

Ular quyidagilardir:

  1. SlowMo: sekinlashtirish effekti
  2. Echo: harakatlarga xiralashtirilgan yarim shaffof izlar qo‘shiladi
  3. Duo: harakatlarning raqamli izlari qoladi («Matritsa» filmidagiga o‘xshash)

Bu effektlar quyidagicha ko‘rinish oladi:

Android hamda iOS tizimlaridagi yainilangan Instagram foydalanuvchilari endi qisqa videolarga shu effektlarni qo‘shib, «Tarix»lariga yuklay oladilar.

O‘QING: Instagram’dagi yopiq profillarni ham ko‘rish yo‘li topildi!

Mazkur effektlardan foydalanish uchun Instagram mobil ilovangizni ochib, oldin «Tarix» yuklash uchun o‘ngga silaysiz. Keyin esa chap-pastki tomonga – «Bumerang» rejimiga tomon svayp qilasiz va videoni suratga olayotganda cheksizlik belgisini bosib turasiz. Tasvirga olib bo‘lgach, ekranning yuqori qismida eng muvaffaqiyatli qismini belgilab olgancha videoni qirqish, keyin esa effektlarni qo‘llash imkonini beruvchi opsiya chiqadi.

TikTok foydalanuvchilari bunday effektlarni kreativ roliklar yaratish uchun qo‘llashadi; Instagram ilovasiga yangi joriy etilgan «Bumerang» rejimi ham endi shunga yaqin imkoniyatlarni taqdim etadi.

O‘QING: Mazkur tarmoqda bitta reklama 25 dona iPhone 11 Pro narxiga teng, lekin bu hali holvasi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!