TikTok’ning keragiyam yo‘q – hindlar uning analogini chiqarishdi!

  •   DiMaX
  •  980
  •  17.08.2020 16:04

TikTok’ning keragiyam yo‘q – hindlar uning analogini chiqarishdi!

ByteDance kompaniyasining TikTok servisini sotib olish uchun Microsoft korporatsiyasi muzokara boshlagan, lekin unga Apple ham talabgor. Uni xarid qilishga yana bir da’vogar esa Hindistondagi eng qimmat Reliance Industries kompaniyasidir.

O‘QING: Tramp talablarni oshirib, TikTok’ka yana 45 kun muhlat berdi

Bloomberg nashrining yozishicha, Hindistonda bloklangan TikTok o‘rniga HiPi nomli yangi servis taqdim etilgan. Uning platformasi Zee5 servisi xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan.

HiPi yordamida hindistonlik foydalanuvchilar davomiyligi 90 soniyagacha bo‘lgan qisqa roliklarni tarmoqqa joylashlari ham, tomosha qilishlari ham mumkin. Unda kontent yaratuvchilar faqat oddiy foydalanuvchilar bo‘libgina qolmasdan, ularning orasida mashhur shaxslar ham bor.

O‘QING: Forbes ilk bor eng serdaromad TikTok yulduzlarini e’lon qildi

Zee5 rahbari Tarun Katial ta’kidlashicha, yangi platformaning chiqishi TikTok’ning bloklanishiga aslo aloqador emas. «HiPi ishga tushirilishining Hindistonda TikTok bloklanishiga umuman aloqasi yo‘q. Biz HiPi ustida bir yildan beri ishlab kelmoqdamiz», – deydi u.

Eslatib o‘tamiz, siyosiy sabablarga ko‘ra Hindiston joriy yilda 59 ta xitoycha ilovani taqiqlagan, ular orasida TikTok, ShareIt, UC Browser, WeChat, CamScanner kabi mashhurlari ham bor. Keyinroq esa mamlakatda yana 47 ta ilova cheklandi – bular asosan oldin taqiqlangan o‘sha dasturlarning «yengillashtirilgan» versiyalari yoki klonlaridir.

O‘QING: Google xitoyliklar uchun qasos oldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.