Til o‘rganish uchun eng yaxshi 7 bepul ilova

Til o‘rganish uchun eng yaxshi 7 bepul ilova

Talabalar uchun mo‘ljallangan maqolalar ruknini davom ettirgan holda ushbu postda til o‘rganish yoki bilganlaringizni mustahkamlashga yordam beruvchi bepul ilovalar haqida ma’lumot beramiz.

Ushbu bepul ilovalar yordamida til o‘rganishning qulayligi shundaki, ular har doim siz bilan. Uchrashuvdan besh daqiqa oldin bo‘ladimi yoki taksi kutib turgan paytingizdami, ularni ochib nimadir o‘rgansangiz bo‘ladi.
Quyida taqdim qiladigan ilovalarimizdan foydalanib ko‘plab, jumladan, ingliz, ispan, fransuz, italyan, nemis, irland, golland, rus, xitoy tillarni o‘rganishingiz mumkin.

1. Duolingo

Bizga yoqqan jihatlari:
•Akkaunt ochish shart emas;
•Tillar tanlovi keng;
•O‘rganish usullari ko‘p;
•Bepul darslar ko‘p.

Bizga yoqmagan jihatlari:
•Darslar izchilligida uzilishlar bor.

Duolingo bilan til o‘rganishni boshlash juda oson. Shunchaki ilovani ochib, o‘rganmoqchi bo‘lgan tilingizni tanlang va kurs boshlanadi. Akkaunt ochib o‘tirishingiz shart emas, lekin akkaunt yaratsangiz, o‘rganish jarayonini saqlash va kuzatib borishingiz mumkin bo‘ladi.
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ispan, fransuz, nemis, xitoy, ingliz, yapon koreys, italyan, portugal, golland, irland, shved, turk, esperanto, norveg, ukrain, gavayi, rus, polyak, hind, uels, vetnam, venger, grek, svahili, rumin, indonez, chex, navayo, klingon.
Duolingo‘dan onalyn yoki Android, iOS va Windows uchun ilovalar orqali foydalanish mumkin.

Android uchun yuklash

iOS uchun yuklash

2. Memrise

Bizga yoqqan jihatlari:
•O‘qitish uslublari o‘ziga xos;
•Ko‘plab tillar o‘rganish imkoniyati bor.

Bizga yoqmagan jihatlari:
•Akkaunt ochish talab qilinadi;
•Veb-sayt dizayni tushunarsiz.

Memrise -- til o‘rgatuvchi yana bir bepul ilova. Bu ilova orqali til o‘rganish Duolingo‘ga qaraganda biroz murakkab. Ammo ilovadan foydalanish osonligi, oflayn kurslar bilan ta’minlashi sababli foydalanuvchiga ko‘plab tillarni o‘rgata oladi. Darslarni dastlabki yoki to‘gridan-to‘g‘ri yuqori bosqich bilan boshlash mumkin. Memrise'ning o‘ziga xos tomoni foydalanuvchiga yangi so‘z va iboralarni o‘rgatish usulidadir.
Dasturda, shuningdek, tarjimalar orqali o‘qitish usuli ham mavjud.
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ingliz, fransuz, ispan, golland, portugal, norveg, yapon, koreys, island, sloven, arab, turk, nemis, shved, polyak, italyan, xitoy, rus, mo‘g‘ul.
Memrise'dan Android, iOS uchun ilovalaridan, shuningdek, veb-brauzer orqali onlayn foydalanishingiz mumkin.

Android uchun yuklash
iOS uchun yuklash

3. Busuu

Bizga yoqqan jihatlari:
•Barcha darajadagi o‘rganuvchilar uchun mos;
•Boshqa o‘rganuvchilar bilan muloqot qilish imkoniyati mavjud;
•Boshqa foydalanuvchilarga tavsiyalar berish imkoniyati bor.

Bizga yoqmagan jihatlari:
•Til tanlash tanlovi kam;
•Ko‘p funksiyalari pullik;
•Akkaunt ochish talab etiladi.

Busuu ilovasidan foydalanish oson hamda ilova turli xil darajadigi til o‘rganuvchilar uchun juda qulaydir. Foydalanuvchi shunchaki ro‘yxatdan o‘tib, o‘rganmoqchi bo‘lgan tili va darajasini tanlaydi.
Ilova foydalanuvchiga gaplar ichidagi so‘z va so‘z birikmalarini o‘rgatadi, so‘ngra bosqichma-bosqich test ko‘rinishida imtihondan o‘tkazadi.
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: nemis, ispan, portugal, fransuz, ingliz, italyan, rus, polyak, turk, yapon, xitoy
Busuu bilan Android, iOS yoki internet vositasida tilni o‘rganish mumkin.

Android uchun yuklash

iOS uchun yuklash

4. AccellaStudy Essential Apps

Bizga yoqqan jihatlari:
Har bir til uchun alohida ilovadan iborat;
Bir nechta o‘rganish usullari mavjud.

Bizga yoqmagan jihatlari:
Ilovaga yangilanishlar jo‘natilmaydi;
Qolgan ilovalarga nisbatan til tanlovi kamroq;
Android'ga mos keluvchi ilova yo‘qligi;

AccellaStudy'da foydalanuvchi o‘rganmoqchi bo‘lgan har bir til uchun alohida ilova mavjud. Ilovalardan foydalanish juda sodda, oflayn rejimda ham ishlaydi. Tanlangan tildagi farqni aytmaganda, ilovalarning barcha jihatlari deyarli bir xil.
Bu ilovada audio viktorinalar va yana boshqa qiziqarli funksiyalar bor. Bluetooth-garnitura funksiyasi esa avtomobil boshqarayotganda aynan mos keluvchi funksiya. Bunda foydalanuvchi qurilmaga qaramgan holda ham tilni o‘rganishi mumkin.
Tilllarni bepul o‘rgatuvchi ushbu ilova dasturlari foydalanuvchiga o‘zining darslar to‘plamini yaratish imkonini beradi va shu bilan foydalanuvchi qaysi so‘zlarga e’tibor qaratishni o‘zi tanlay oladi. Bu juda yaxshi funksiya, chunki foydalanuvchi so‘zlarni o‘rganishga qiynalayotgan bo‘lsa so‘zlarni ajratgan holda o‘rganadi.
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ingliz, ispan, fransuz, nemis, italyan, golland, grek, arab, yapon, xitoy, koreys, polyak, portugal, rumin, rus, ukrain va turk.
Ilova faqat iOS tizimlari uchun ishlab chiqilgan.

iOS uchun yuklash

5. 24/7 Tutor Apps

Bizga yoqqan jihatlari:
•O‘rganish usullari ko‘p;
•Foydalanish oson.

Bizga yoqmagan jihatlari:
•Til tanlash imkoniyati kam;
•Faqat iOS tizmiga mos.

24/7 ilovasi bilan foydalanuvchi har kuni, istalgan vaqt til o‘rgatuvchi ustozga ega bo‘lishi mumkin. Ilovada faqat asosiy Yevropa tillari mavjud. Har bir til uchun alohida ilova mavjud. Har bir ilova orqali kiyim-kechak, o‘yin-kulgi, rang, ta’lim, oila, oziq-ovqat, salomatlik, salomlashish, tana a’zolari, yo‘nalishlar, ob-havo, ish va boshqa mavzularga oid so‘zlarni o‘rganish mumkin.
Ilovada o‘rganilgan mavzular ro‘yxati, xotira o‘yinlari, viktorina, imlo amaliyoti kabi kategoriyalar bor.
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ispan, fransuz, nemis, italyan.
24/7 ilovasi faqat iOS tizmida ishlovchi qurilmalariga mos keladi.

iOS uchun yuklash

6. Rosetta Stone

Bizga yoqqan jihatlari:
•Sayohatchilar uchun qulay;
•O‘ziga xos funksiyalarga ega;
•Til tanlovi keng;
•Barcha platformalarga mos.

Bizga yoqmagan jihatlari:
•O‘rgatish metodlari eskirgan.

Rosetta Stone tillarni o‘rganish uchun professional darajadagi servis. Ilova, asosan, sayohat davomida ko‘p qo‘llaniladigan so‘z va iboralarni o‘rgatadi.
Shuningdek, restoran, mehmonxonalar va sayohat bilan bog‘liq asosiy so‘z va birikmalardan iborat so‘zlachgich bor - bu sayohatga chiqqanlar uchun juda foydali. Agar foydalanuvchi xohlasa, rang, valyuta va xaridga oid lug‘atlarni sotib olishi mumkin.
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ispan, ingliz, fransuz, yapon, italyan, nemis, xitoy, portugal, rus, arab, koreys, golland, yunon, hind, irland, fors, polyak, shved, turk, vetnam.

Android uchun yuklash

iOS uchun yuklash

7. Google Tarjimon

Bizga yoqqan jihatlari:
•Tarjima qilish usullari mavjud;
•Tez tarjima qilish imkoniyati mavjud;
•Ko‘p tillardan/tillarga tarjima qila oladi;
•Ham ilova ham veb-saytda ishlaydi.

Bizga yoqmagan jihatlar:
•O‘rgatish darslari yo‘q.

Ko‘pgina tillarni o‘rgatuvchi ilovalar foydalanuvchiga mashqlar bajarish orqali tilni o‘rgatadi, Google Tarjimon esa yozish va gapirishni o‘rgatadi.
Google Tarjimonda, shuningdek, so‘z va jumlalarni terib kiritish, qo‘lda yozish va gapirish orqali tarjima qilish mumkin.
Ilovadan internetga ulanmagan holda ham foydalanish mumkin (faqat til paketini oldindan yuklab olishni unutmang). Bundan tashqari, Google Tarjimonda har qanday matnni kamera orqali rasmga olib tarjima qilish mumkin (bunda dastur faqat bir necha tillardan tarjima qila oladi).
Google Tarjimon juda ko‘plab tillarda ishlay oladi, shu jumladan o‘zbek tilida ham.
Ilovadan Android va iOS tizimlari orqali foydalanish mumkin.

Android uchun yuklash
iOS uchun yuklash

Hasanboy Umarov tayyorladi.

O‘QING: Talabaga kerak bo‘lgan 9 bepul ilova

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!