Tim Kuk 2,5 million dollar to‘lashi kerak: Apple’ga dasturiy ta’minotdagi kamchiliklari pand bermoqda

  •   Saroy
  •  833
  •  13.08.2018 15:25

Tim Kuk 2,5 million dollar to‘lashi kerak: Apple’ga dasturiy ta’minotdagi kamchiliklari pand bermoqda

Xavfsizlik bo‘yicha tadqiqotchi Ian Bir Apple’ga iOS tizimidagi mavjud kamchiliklarni topgani uchun unga 2,5 million dollar to‘lab qo‘yishni so‘radi. Xabarda ushbu mablag‘ xayriya maqsadlariga jalb qilinishi ham aytib o‘tilgan. U shu haqda  o‘zining Twitter’ida ma’lum qildi.

«Salom, Tim Kuk. Men iOS’ni yanada xavfsiz qilish uchun ko‘p yillar davomida ishladim. Mana o‘sha men topgan barcha xatolar, ularning hammasi sizning baglarni qidirish uchun ajratgan mukofoot dasturingizga to‘g‘ri keladi», — deyiladi xabarda.

O‘QING:Apple’da kimning qasdi bor – YouTube’ningmi yoki Google’ning?

Ian Birning ta’kidlashicha, pullar huquqni himoya qiluvchi  Amnesty International tashkilotiga xayriya qilinadi.

Dasturchining o‘zi Google xakerlar guruhida ishlab keladi. Ularning vazifasi boshqa kompaniyalarning dasturiy ta’minotida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni izlab topish.

Darvoqe, 2 avgust kuni Apple’ning bozor narxi 1 trillion dollardan oshgani haqda ma’lumot tarqalgan edi. Bu bilan u Amazon’ni ham ortda qoldirdi. Shunday ekan Ian Birning talabi ushbu gigand kompaniyaga, qolaversa uning rahbari Tim Kuk janoblariga og‘ir botmasa kerak, deyiladi xabarda.

O‘QING:Apple Pay xizmati foydalanuvchilari soni 250 million kishidan oshdi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!