Tim Kukdan ham ikki baravar ko‘p maosh oluvchi xodim Apple’ni tashlab ketdi

  •   DiMaX
  •  1723
  •  07.02.2019 17:18

Tim Kukdan ham ikki baravar ko‘p maosh oluvchi xodim Apple’ni tashlab ketdi

Kupertinolik korporatsiyaning savdo bo‘yicha katta vitse-prezidenti Anjela Arendts ishdan bo‘shadi. Bu umuman kutilmagan yangilik bo‘ldi, zero, ko‘pchilik uni Apple’ning bo‘lajak rahbari, deb hisoblardi.

O‘QING: 2018 yili Apple o‘z rahbariga 15 million dollardan oshiq, ayrim xodimlariga esa undan ham ko‘p to‘lagan!

Arendts ushbu kompaniyada besh yildan buyon faoliyat yuritib kelardi. Endi esa u «yangi shaxsiy va kasbiy maqsadlarga erishish uchun» Tim Kuk jamoasini tark etmoqda. Uning o‘rniga endi sotuvlarga Deydra O’Brayen mas’ul etib tayinlandi. U avval xodimlarni yollash departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Deydra O’Brayen, Tim Kuk va Anjela Arendts kompaniya xodimlari oldida

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Anjela Arendts kupertinolik kompaniyaning eng katta maosh oluvchi xodimlaridan biri edi. Masalan, 2017 yili u barcha bonuslar va kompensatsiyalarni ham qo‘shib hisoblaganda jami 24,2 million dollar haq olgan. Bu esa Apple bosh direktori Tim Kukning ushbu kompaniyadan olayotgan daromadidan salkam ikki barobarga ko‘p mablag‘dir.

Tahlilchilar Arendtsning ishdan ketishini butun dunyoda iPhone’larga talab kamayganiga bog‘lamoqdalar. Aytish kerakki, ayrim rusumlardagi ayfonlarni 2 036 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Qayta tiklangan iPhone’lar ishonchlimi? Apple sobiq xodimi aniqlik kiritadi