Tim Kukka maktub: «Apple Watch meni bir o‘limdan saqlab qoldi!»

  •   DiMaX
  •  894
  •  15.05.2018 11:10

Tim Kukka maktub: «Apple Watch meni bir o‘limdan saqlab qoldi!»

«Aqlli» soat va bilaguzuklar singari taqiluvchi gadjetlar kishilarning salomatligini saqlash hamda nazorat qilishda juda qo‘l kelmoqda. Yaqinda gongkonglik 76 yashar Gaston D’Akuino (Gaston D'Aquino) hayotida yuz bergan voqea ham bunga yaqqon misoldir.

O‘QING: Apple Watch: vaqt, muloqot va sog‘lik innovatsion nazorat doirasida

Joriy yilning birinchi aprelida D’Akuino bilagidagi Apple Watch xavotirli signal chalib, uning yurak urishi tezlashgani haqida xabar bergan. Holbuki, bu paytda u o‘zini mutlaqo sog‘lom his etayotgan edi. Shunday bo‘lsa-da, har ehtimolga qarshi taksi chaqirib, tezda kasalxonaga boradi. Elektrokardiogramma orqali tekshiruvda aniqlanishicha, D’Akuino yuragidagi uchta asosiy arteriya tomiridan ikkitasi butkul tiqilgan, uchinchisi ham 90 foizga yopilib ulgurgan ekan. Ya’ni, istalgan paytda uning yuragi xuruj qilib qolishi mumkin edi; shu bois shifokorlar darhol uni operatsiya qilishgan va xavf ortda qolgan.

Shundan keyin Gaston D’Akuino kupertinolik korporatsiya rahbari Tim Kukka minnatdorchilik maktubini yo‘llagan. Ushbu xatida u Apple Watch tufayli tashakkur izhor etgan va, ushbu devaysni yuragida muammosi bor insonlar uchun a’lo qurilma sifatida reklama qilishni ham tavsiya qilgan.

Aytish kerakki, ilgari ham shunga o‘xshash holatlar uchragan.

O‘QING: Apple Watch’ning insultni to‘xtatishi isbotlandi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.