Tirnalgan smartfon ekrani uchun tish pastasi davo bo'la oladimi?

Tirnalgan smartfon ekrani uchun tish pastasi davo bo'la oladimi?

Smartfonimiz har doim biz bilan ekan uni turli xil joylarga qo'yamiz yoki kalitlar bor cho'ntagimizga yoki sumkamizga solib qo'yamiz, ba'zan ehtiyotsizlik qilib tushirib yuborishimiz ham mumkin. Natijada uning ekrani tirnaladi. Albatta bunday holat hech kimga yoqmasligi ani.

Ko'pincha Internetda tirnalgan smartfon ekrani uchun tish pastasini davo qilib ko'rsatishadi, xuddiki tish pastasi ekrandagi bo'shliqlarni to'ldiradi va displeyning qavariq qismini silliq qiladi. Biroq Xiaomi bu layfhakning g'irt befoyda ekanligini ma'lum qildi va o'zining rasmiy YouTube sahifasiga uning ish bermasligini isbotlaydigan video joyladi.

Videodan ko'rish mumkinki, tish pastasidan avval ham, keyin ham ekran ko'rinishi deyarli o'zgarmagan. Kompaniya bu layfhakning foydasidan ko'ra zarari ko'p ekanligini ta'kidlaydi yoxud tish pastasi aslida ishqoriy modda ekanligini hisobga olsak, u smartfon displeyi ustidagi oleofob qoplamani yo'q qiladi. Ushbu qatlam ekranni asosan bu chang va barmoq izlari dog'laridan saqlashga yordam beradi.

Xo'sh unda nima qilish kerak? Xiaomi bunday holatlarda o'zining rasmiy mijozlarni qo'llab-quvvatlash markaziga murojaat qilishni tavsiya qiladi. Kasalni davolagandan ko'ra uni oldini olgan afzal yoxud smartfoningiz ekranini tirnalishini xohlamasangiz unga himoya ekranlarini o'rnatishni unutmang.

O'QING: Nubia Z50 smartfoni Snapdragon 8 Gen 2 bilan taqdim qilindi!