Tonometrning keragi yo‘q – qon bosimingizni smart-soat kuzatib boradi! (+video)

  •   DiMaX
  •  320
  •  21.04.2020 11:23

Tonometrning keragi yo‘q – qon bosimingizni smart-soat kuzatib boradi! (+video)

Samsung kompaniyasining Samsung Health Monitor ilovasi rasman qon bosimidagi o‘zgarishlarni o‘lchovchi tibbiy jihoz sifatida tan olindi. Janubiy Koreyaning Oziq-ovqat va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish vazirligi (Ministry of Food and Drug Safety) unga mazkur sertifikatni berdi.

O‘QING: Samsung Galaxy 10 yoshda. Kompaniya "Galaxy yubileyi premium paketi"ni taklif qilmoqda

Ushbu funksiyaning ishlashi uchun, dastlab Samsung Galaxy Watch Active 2’ni an’anaviy – manjetli tibbiyot tonometri yordamida bir marta kalibrovka qilish kerak bo‘ladi. Buni quyidagi videoda ko‘rishingiz mumkin:

Shundan keyin esa tonometrning keragi bo‘lmaydi – smart-soatning o‘zi qon bosimingizni muntazam kuzatib bora oladi.

Mazkur funksiya Galaxy Watch Active 2 «aqlli» soatlarida 2020 yilning uchinchi choragida paydo bo‘ladi. Keyinchalik esa navbatdagi Galaxy Watch’lar qon bosimini nazorat qilish opsiyasi bilan birga chiqariladi.

O‘QING: Xiaomi quvvati 30 kunga yetuvchi, himoyalangan smart-soat taqdim etdi