Top-10: 2017 yil so‘ngida dunyoda eng ommalashgan smartfonlar

  •   DiMaX
  •  4079
  •  25.12.2017 17:56

Top-10: 2017 yil so‘ngida dunyoda eng ommalashgan smartfonlar

Mana, turli telefonlar taqdimotga boy bo‘lgan 2017 yil ham nihoyalab qoldi. GSMArena nashri jurnalistlari ayni shu pallada – yil yakunida butun dunyo bo‘yicha eng ommalashgan o‘nta smartfon reytingini taqdim etishdi.

Mazkur saytga tashrif buyuruvchilar aynan qanday smartfon modellariga ko‘proq qiziqqanlarini nashr mutaxassislari kuzatib, har hafta bu borada ma’lumotlarni yig‘ib va tahlil qilib kelishadi. Reyting har hafta yangidan tuziladi, natijada bu ro‘yxat muntazam o‘zgarib turadi – ayrim devayslar foydalanuvchilar e’tiboridan chetga chiqib, yangilari qo‘shilib keladi. Bular, albatta, ko‘p omillarga bog‘liq – narxlar, aksiyalar, ommaviy axborot vositalarida biror ma’lumotning e’lon qilinishi va hokazo.

Xullas, GSMArena sayti reytingiga ko‘ra, 2017 yilning oxirida butun dunyo bo‘yicha eng ommalashgan smartfon Xiaomi Mi A1 modeli bo‘ladi. Uning bunchalik talabgirligi shundaki, mazkur qurilma narx va sifat mutanosibligi bo‘yicha bozorda tengsizdir.

O‘QING: Hamyonbop kamerafonlar jangi: Xiaomi Mi A1 va Honor 7X

Ikkinchi o‘rinda janubiy koreyalik smartfonsozning hamyonbop Samsung Galaxy J7 Pro modeli kelmoqda, bu model, ayniqsa, Yevropada juda ommalashgan. Ko‘plab zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi hamda AMOLED-ekranga ega mazkur devays past narxi bilan ham millionlab foydalanuvchilarni o‘ziga jalb etmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy J7 Pro: kunning innovatsion «kashfiyoti»

Reytingning uchinchi hamda to‘rtinchi pog‘onalari ham xitoyliklarga nasib etdi – Oppo F5 ortidan Xiaomi Redmi 5A. Kuchli beshlikni yana «xitoycha Apple» mahsuloti – Xiaomi Redmi Note 5 yakunlab berdi.

O‘QING: Xiaomi hech kim kutmagan hamyonbop smartfonni baribir taqdim etdi!

Oltinchi o‘rin, nihoyat, haqiqiy flagmanga tegdi – Samsung Galaxy Note 8! Bu – bozordagi barcha Android-smartfonlar orasida eng kuchli texnik ta’minotga ega bo‘lgan, eng ko‘p zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan va… eng qimmat modeldir.

O‘QING: Ring: Galaxy Note 8'ning iPhone X'ga yo‘nalgan 6 ta aniq zarbasi

Ro‘yxatning yettinchi pog‘onasi hamyonbop Huawei Honor 7X modeliga, sakkizinchisi esa Xiaomi Redmi 4 (4X) gadjetiga tegdi. To‘qqizinchi va o‘ninchi o‘rinlarni esa tegishlicha Huawei Honor 9 Lite hamda hali taqdim etilmagan Samsung Galaxy S9 egalladi.

O‘QING: Eksklyuziv: Galaxy S9 taqdimot kuni ma’lum, yangi videosini tomosha qiling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!