TOP-10: Amerikaliklarni qoniqtirgan smartfonlar reytingida iPhone’lar atigi yettinchi o‘rindan boshlanadi!

  •   DiMaX
  •  1407
  •  28.05.2021 11:52

TOP-10: Amerikaliklarni qoniqtirgan smartfonlar reytingida iPhone’lar atigi yettinchi o‘rindan boshlanadi!

American Customer Satisfaction Index (ACSI) tashkiloti AQShdagi foydalanuvchilarning o‘z smartfonlaridan qoniqish darajasini tekshirib ko‘rdi. Tadqiqot natijalari esa butun dunyoga mashhur, nufuzli mahalliy smartfonsozni xursand qilmasligi aniq.

O‘QING: Eng ko‘p sotilgan va eng ko‘p daromad keltirgan smartfonlar: ikkala reytingda ham ilk to‘rtta o‘rin bitta kompaniyaniki!

Amerikaliklar tomonidan eng yaxshi baholangan oltita smartfon faqatgina Samsung mahsulotlari bo‘lib chiqdi. Ulardan uchtasi o‘z egasini qoniqtirganlik darajasiga ko‘ra 100 balldan maksimal – 85 ball olgan bo‘lsa, keyingi ikkitasi 83 ballga baholangan. Shulardan keyingi beshta telefon esa baravariga 82 balldan olgan.

Shunday qilib, AQShda egalarini rozi qilgan smartfonlar TOP-o‘ntaligi quyidagicha:

  1. Samsung Galaxy Note 10+ – 85 ball
  2. Samsung Galaxy S10+ – 85 ball
  3. Samsung Galaxy S20+ – 85 ball
  4. Samsung Galaxy S20 – 83 ball
  5. Samsung Galaxy A20 – 83 ball
  6. Samsung Galaxy S10 – 82 ball
  7. Apple iPhone 11 Pro – 82 ball
  8. Apple iPhone 11 Pro Max – 82 ball
  9. Apple iPhone X – 82 ball
  10. Apple iPhone XS Max – 82 ball

Brendning umumiy bahosiga kelsak, Samsung o‘tgan yilgi kabi 81 ball olgan va birinchi o‘ringa chiqqan. Uning liderligiga Apple sababchi bo‘lgan – iPhone brendining umumiy qoniqish darajasi 80 ballga tushib ketgan.

Kupertinolik korporatsiyadan tashqari Motorola hamda Google kompaniyalari ham 80 ballik natija ko‘rsatgan.

O‘QING: Narxi tezda tushib ketmaydigan sakkizta smartfon (2021 yil, aprel)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!