TOP-10: AnTuTu nazdida iyun oyidagi eng zo‘r flagmanlar

  •   DiMaX
  •  1391
  •  03.07.2020 10:00

TOP-10: AnTuTu nazdida iyun oyidagi eng zo‘r flagmanlar

Ommabop AnTuTu benchmarki Android-smartfonlarning samaradorligi bo‘yicha navbatdagi reytingini e’lon qildi. Unda 2020 yilning iyuni davomida xitoylik foydalanuvchilarning ushbu servisdagi tekshiruvlari asosidagi natijalar chiqarilgan.

O‘QING: Hali chiqmagan Snapdragon 865 Plus flagman protsessori ilk bor AnTuTu’da imtihon topshirdi!

Buni qarangki, Oppo kompaniyasining Find X2 Pro flagmani mart oyi reytingida liderlikka erishib, apreldagi ro‘yxatning ham yetakchisi bo‘lgan edi. Joriy yilning 6 mart kuni taqdim etilgan ushbu smartfon may oyi reytingida o‘rnini hech kimga bermagan bo‘lsa, bu gal ham shohsupadan tushmagan, balki 608 049 ball bilan o‘z rekordini yangilagan!

Ikkinchi o‘ringa bu gal 603 266 ballik natija bilan Xiaomi Mi 10 Pro flagmani chiqib olgan. O‘tgan oyda ikkinchi pog‘onani egallab turgan OPPO Find X2 esa iyunda unga imkoniyatni boy berib, bronza bilan cheklanishiga to‘g‘ri kelgan – 599 306 ball.

O‘QING: DxOMark eng zo‘r kamerofon, selfifon va audiosmartfonlarni e’lon qildi

Kuchli o‘ntalikka yana OPPO Ace 2, iQOO Neo 3, Redmi K30 Pro, Realme X50 Pro, iQOO 3, Meizu 17 Pro hamda OnePlus 8 Pro modellari kirgan. E’tiborli jihati – o‘tgan oydagi kabi, bu gal ham eng zo‘r smartfonlarning barchasi Qualcomm Snapdragon 865 protsessoriga tayangan.

Ishlab chiqaruvchisiga ko‘ra baholaganda, reyting shohsupasi va umuman undagi to‘rtta o‘rin OPPO kompaniyasi (Realme brendi ham unga qarashli) smartfonlariga tegishli. Xiaomi hamda uning Redmi brendi ikkita o‘rinni, Vivo kompaniyasining o‘yinbop qurilmalarga ixtisoslashgan iQOO brendi ham ikkita pog‘onani band etgan. Reyting oxiridagi ikkita o‘rin esa Meizu hamda OnePlus flagmanlariga nasib qilgan.

Darvoqe, bu oyda ham reytingda Huawei kompaniyasining yoki unga qarashli Honor brendining birorta ham modeli yo‘q. Shuningdek, ro‘yxatda Samsung kompaniyasining Galaxy S20 turkumi flagmanlarini ham uchratmaymiz.

O‘QING: Snapdragon 865+ va 16 GB «operativka»li bu geymerofon AnTuTu’da jahon rekordini yangiladi! (+ ilk «jonli» rasmlar)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!