TOP-10: Antutu’ga ko‘ra mahalliy bozordagi eng kuchli Android-smartfonlar (2019 yil iyun)

  •   DiMaX
  •  2121
  •  04.06.2019 12:41

TOP-10: Antutu’ga ko‘ra mahalliy bozordagi eng kuchli Android-smartfonlar (2019 yil iyun)

Ommabop Antutu benchmark-testi jamoasi ayni kundagi eng qudratli Android-smartfonlarning navbatdagi reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxat mahalliy – Xitoydagi foydalanuvchilar tomonidan may oyida o‘tkazilgan testlar asosida tuzilgan.

O‘QING: Eng kuchli smartfonlar AnTuTu mahalliy reytingida (2019 yil may): yuqori uchtalikda faqat Xiaomi!

Bu gal birinchilikni ZTE korporatsiyasiga qarashli brendning Nubia Red Magic 3 o‘yinbop smartfoni 380 921 ball bilan egalladi. Undan keyingi o‘rinda 376 916 ballik ko‘rsatkich bilan yana bir xitoylik flagman – ZTE Axon 10 Pro kelayotir. O‘tgan oydagi reyting yetakchisi – Xiaomi Mi 9 Explorer Edition esa 376 092 ball bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Keyingi ikkita o‘rinni ham «xitoycha Apple» smartfonlari – Black Shark 2 geymerofoni 374 736 ball bilan, oddiy Xiaomi Mi 9 (sotib olish) flagmani 372 422 ball bilan band etgan. So‘ng esa ro‘yxatda Meizu 16S (370 135 ball), OnePlus 7 Pro (368 834 ball), Lenovo Z6 Pro (363 399 ball) flagmanlari turibdi. Kuchli o‘nlikni Janubiy Koreyaliklarning flagmanlari yakunlab bergan – Samsung Galaxy S10+ (xarid qilish) flagmani 362 450 ball olgan, Galaxy S10 (sotib olish) esa 361 394 ball bilan kifoyalangan.

O‘QING: 11 iyunda chiqayotgan Galaxy M40 ham Geekbench’da imtihon topshirib ko‘rsatdi