TOP-10: Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingida kutilmagan yetakchi!

  •   DiMaX
  •  7601
  •  06.09.2019 17:14

TOP-10: Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingida kutilmagan yetakchi!

Informa Tech kompaniyasi joriy yilning birinchi yarmida eng xaridorgir smartfonlari reytingini e’lon qildi. Buni qarangki, kutilmaganda unda kupertinoliklarning iPhone XR modeli yetakchi bo‘lib chiqdi.

O‘QING: 12 yillik barcha iPhone’lar narxlarini bitta ro‘yxatda taqqoslaymiz!

Aytish kerakki, Apple korporatsiyasining flagmanlari 1000 dollardan oshiq turadi va ularning yonida iPhone XR modeli (sotib olish) «hamyonbop» bo‘lib qoladi. Joriy yilning birinchi yarmida undan 26,9 millionta sotilgan.

Ikkinchi o‘rinni 13,4 millionlik natija bilan Samsung’ning o‘rta narxli smartfonlar turkumining eng arzon vakillaridan biri – Galaxy A10 (xarid qilish) band etgan. Kuchli uchlikni shu kompaniyaning Galaxy A50 smartfoni (sotib olish) yakunlab bergan – undan 12 millionta sotishgan.

Ko‘rib turganingizdek, kuchli o‘nlikka tegishlicha iPhone 8 (xarid qilish), Redmi 6A (sotib olish), Redmi Note 7 (xarid qilish), Galaxy J2 Core (sotib olish), Oppo A5, iPhone XS Max (xarid qilish) hamda Galaxy A30 (sotib olish) modellari ham kirgan.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, kuchli o‘ntalikka faqat to‘rttagina ishlab chiqaruvchining turli rusumli smartfonlari kirgan. Eng ko‘pi – to‘rtta modeldagisi Samsung’ga tegishli bo‘lsa, uchtasi Apple, ikkitasi Xiaomi va bittasi Oppo mahsulotidir.

O‘QING: Bu yilgi eng arzon iPhone taqdimotdan avval Geekbench’da kuchini ko‘rsatdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.