TOP-10: Dunyo bo‘ylab 2019 yili eng ko‘p sotilgan smartfonlar

  •   DiMaX
  •  2675
  •  26.02.2020 15:21

TOP-10: Dunyo bo‘ylab 2019 yili eng ko‘p sotilgan smartfonlar

Omdia tadqiqot kompaniyasi 2019 yilda jahon bozorida eng xaridorgir bo‘lgan smartfonlar reytingini e’lon qildi. Buni qarangki, unda 2018 yilgi model birinchi o‘rinni egallagan!

O‘QING: Dunyo smartfon bozorida yetakchi kim o‘zi? (2 ta reyting)

Apple korporatsiyasining iPhone XR modeli, garchi 2018 yili taqdim etilgan bo‘lsa-da, bultur ham dolzarbligini yo‘qotmabdi. 2019 yilda ayni shu smartfon eng xaridorgir bo‘lib, 46,3 millionta sotilgan va reyting shohsupasidan joy olgan. Ikkinchi o‘rin ham kupertinoliklarning vakiliga tegishli – iPhone 11 smartfonidan xaridorlar 37,3 millionta xarid qilishgan.

Samsung kompaniyasining uchta modeli kuchli beshlikdan joy olgan: Galaxy A10, Galaxy A50 hamda Galaxy A20 smartfonlari tegishlicha 30,3 million, 24,2 million va 19,2 million donadan sotilgan.

Guvohi bo‘layotganingizdek, keyingi o‘rinlar quyidagi smartfonlarga tegishli:

iPhone 11 Pro Max modeli – 17,6 millionta sotilgan;

iPhone 8 modeli – 17,4 millionta sotilgan;

Redmi Note 7 modeli – 16,4 millionta sotilgan;

iPhone 11 Pro modeli – 15,5 millionta sotilgan;

Galaxy J2 Core modeli – 15,2 millionta sotilgan.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, eng xaridorgir smartfonlar o‘ntaligida faqat ikkitagina arzon model bor; ushbu ro‘yxatdan xitoyliklarning bittagina vakili o‘rin olgan.

O‘QING: Redmi Note 9 va Note 9 Pro taqdimoti yaqin: Xitoydan tashqarida ham Redmi Note 8 Pro arzonlashyapti

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!