TOP-10: Dunyodagi eng xaridorgir smartfonlar (2019 yil, dekabr)

  •   DiMaX
  •  5721
  •  24.12.2019 17:30

TOP-10: Dunyodagi eng xaridorgir smartfonlar (2019 yil, dekabr)

Counterpoint Technology Market Research kompaniyasi jahonda eng xaridorgir telefonlar reytingini chiqardi. Garchi dekabrda e’lon qilingan bo‘lsa-da, undagi ko‘rsatkichlar 2019 yilning uchinchi choragidagi savdolarga tegishli.

O‘QING: Qimmatbaho smartfonlar va 5G-modellar bozorlarida kimlar yetakchi?

Knga ko‘ra, yakuniga yetayotgan yilning iyul–sentyabr oylarida eng ko‘p sotilgan smartfon Apple iPhone XR ekan. Jahon bozoridagi smartfonlar savdo hajmining 3 foizi ayni shu ayfonga to‘g‘ri kelgan. Keyingi ikki o‘rinni Samsung qurilmalari band etgan – Galaxy A10 hamda Galaxy A50 modellari dunyo bozorida tegishlicha 2,6% va 1,9% o‘rin tutgan.

Counterpoint reytingida to‘rtinchi o‘rin OPPO A9 modeliga (1,6%) nasib etgan bo‘lsa, kuchli beshlikni Apple’ning yana bir smartfoni – iPhone 11 (1,6%) yakunlab bergan.

Shuningdek, TOP-o‘ntalikka OPPO A5s (1,5%), Galaxy A20 (1,4%), OPPO A5 (1,3%), Redmi 7A (1,2%) hamda Huawei P30 (1,1%) modellari kirgan.

Umuman olganda, 2019 yilning uchinchi choragida jahon smartfon bozorida sotilgan barcha qurilmalarning taxminan 17 foizi mana shu o‘nta modelga to‘g‘ri kelgan. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, bir yil avval mazkur ko‘rsatkich 15 foizga teng bo‘lgan.

O‘QING: DIQQAT: O‘zbekistonda telefon sotib olsangiz, IMEI-kod uchun siz pul to‘lamaysiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!