TOP-10: Dunyodagi eng zo‘r hamyonbop smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil iyul)

  •   DiMaX
  •  10728
  •  08.08.2020 13:07

TOP-10: Dunyodagi eng zo‘r hamyonbop smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil iyul)

AnTuTu servisida xitoylik yuzerlarining tekshiruvlariga ko‘ra iyul oyining o‘rta narx toifasidagi eng zo‘r smartfonlari o‘ntaligini e’lon qilgandik. Mazkur benchmark endi butun dunyo bo‘yicha tekshirib ko‘rilgan hamyonbop smartfonlarning samaradorlik reytingini ham chiqardi.

O‘QING: Smartfoningizga AnTuTu benchmarkini o‘rnatishingizga Google nega qarshi chiqyapti?

May oyidagi reyting yetakchisi – Xiaomi korporatsiyasining Snapdragon 765G protsessorli Redmi K30 5G modeli iyun reytingida ham taxtdan tushmagan edi. Iyulda ham u shohsupani berib qo‘ymadi – 315 219 ball bilan lider bo‘lib turibdi.

Iyundagi reytingda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda joylashgan Nova 7i hamda Redmi Note 8 Pro smartfonlari ham bu gal o‘z o‘rnidan siljimagan – ular tegishlicha 308 541 hamda 291 237 ballik natijalar ko‘rsatishgan:

Navbatdagi pog‘onalardan tegishlicha Realme 6 (289 393 ball), Realme 6 Pro (284 955 ball), Redmi Note 9 Pro (278 970 ball), Redmi Note 9S (277 706 ball), Xiaomi Mi Note 10 Lite (271 128 ball), Xiaomi Mi Note 10 (270 241 ball) hamda Samsung Galaxy A71 (264 739 ball) modellari joy olgan.

Iyuldagi o‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon global reytingida yetakchi kompaniyalar – Huawei hamda Samsung’ning atigi bittadan modeli mavjud. Ro‘yxatning shohsupasini va undagi jami oltita o‘rinni Xiaomi hamda uning Redmi brendi vakillari ishg‘ol qilgan. Qolgan ikkita pog‘ona esa Oppo korporatsiyasining Realme brendiga mansub modellarga tegishli.

Darvoqe, narxidan qat’i nazar eng qudratli smartfonlarning xitoycha reytingi bilan ushbu havola, global reytingi bilan esa mana bu havola orqali tanishish mumkin.

O‘QING: Eng qizib ketuvchi va eng qizimaydigan smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil 2-chorak)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.