TOP-10: Eng kuchli o‘yinbop smartfonlar (2019 yil, noyabr)

  •   DiMaX
  •  4898
  •  23.11.2019 10:58

TOP-10: Eng kuchli o‘yinbop smartfonlar (2019 yil, noyabr)

Biz odatda smartfonlarning samaradorligi bo‘yicha AnTuTu, Master Lu va Geekbench singari benchmark servislari e’lon qilgan reytinglarni berib kelmoqdamiz. Xitoydagi China Mobile uyali aloqa operatori qoshidagi test laboratoriyasi esa ommabop flagmanlarning o‘yinlarga qanchalik mos kelishi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

O‘QING: Samsung uchta arzonlashtirilgan smartfonini ertaroq chiqaryapti

Ushbu tadqiqotda shunchaki qurilmalarning samaradorligi va FPS (ekranning kadrlar yangilanish chastotasi) tekshirilgan emas, garchi asosiy mezonlardan hisoblansa ham. Mutaxassislar tasvirning silliqligi, o‘yinlarning ishga tushish tezligi, multimedia imkoniyatlari, ekran sensoriga teginishdan to javob reaksiyasigacha bo‘lgan vaqt, avtonomlik va qizish, tasvir va ovoz sifati kabilarni ham o‘lchab, smartfonlarga shulardan har biri bo‘yicha baho berishgan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Huawei Mate 30 Pro o‘yinlarga eng mos keluvchi smartfon, deya e’tirof etildi. Boshqa yetakchi smartfonsozlarning flagmanlariga kelsak, iPhone 11 Pro Max (sotib olish) atigi uchinchi o‘rinni oldi, Samsung Galaxy Note 10+ 5G bo‘lsa o‘nlikning oxiriga zo‘rg‘a ilashib qoldi!

O‘QING: iPhone 11’larning taqdimotda Apple aytmagan beshta kamchiligi

Xullasi kalom, eng zo‘r o‘yinbop smartfonlar o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinish olgan:

  1. Huawei Mate 30 Pro
  2. Nubia Red Devil 3S
  3. iPhone 11 Pro Max
  4. Oppo Reno Ace
  5. Xiaomi Mi 9 Pro 5G
  6. OnePlus 7T Pro
  7. Vivo IQOO Pro
  8. Black Shark 2 Pro
  9. Asus ROG Phone 2
  10. Samsung Galaxy Note 10+ 5G

Qizig‘i shundaki, aynan geymerlarga mo‘ljallab chiqarilgan Black Shark 2 Pro, Asus ROG Phone 2 kabilar nisbatan pastki o‘rinlarga tushib qolgan. Reyting yetakchisi esa aslida o‘yinbop smartfon hisoblanmagan flagmandir.

O‘QING: Bu mobil o‘yin atigi uch oyda salkam yarim milliard dollar daromad keltirdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!