TOP-10: Eng kuchli smartfonlar bilan tanishamiz! (AnTuTu, 2019 yil avgust)

  •   DiMaX
  •  2301
  •  05.09.2019 10:30

TOP-10: Eng kuchli smartfonlar bilan tanishamiz! (AnTuTu, 2019 yil avgust)

Kuni kecha AnTuTu jamoasi shu yilning avgust oyida namoyish etilib, mazkur benchmarkda tekshirib ko‘rilgan smartfonlarning samaradorlik reytingini e’lon qilgan edi. Endi esa ushbu servisda sinab ko‘rilgan barcha telefonlarning reytingini ham tarqatdi.

O‘QING: O‘tgan haftada trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz beshinchi hafta)

Shu o‘rinda bir jihatni ta’kidlab o‘tish lozim: mazkur benchmark ilovasi yaqinda yangilanib, AnTuTu V8 talqinida taqdim etilgan. Unda devayslarning kuchini hisoblash algoritmi o‘zgarganligi bois, smartfonlar samaradorligini solishtirish uchun ularning aynan bir xil versiyadagi benchmarkda tekshirish kerak bo‘ladi. Quyidagi reyting aynan shunaqa – eng so‘nggi AnTuTu ilovasida sinalgan smartfonlar natijalari keltirilgan.

Shu tariqa, unda birinchi o‘rinni Xiaomi kompaniyasi iyul oyi oxirida namoyish qilgan o‘yinbop Black Shark 2 Pro smartfoni egalladi – naq 469708 bal! Bu reytingda kumush medalga ham geymerofon sazovor bo‘lgan. Ya’ni, Asus ROG Gaming Phone 2 modeli yetakchidan salgina kam – 469590 ochko olgan. Bu ikkisi eng qudratli Snapdragon 855 Plus chipsetiga ega bo‘lsa, 447345 ball bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan OnePlus 7 Pro smartfoni Snapdragon 855 protsessori bazasida ishlaydi.

Ko‘rib turganingizdek, to‘rtinchi pog‘onani o‘tgan oydagi reyting yetakchisi Nubia Red Devil 3 (Nubia Red Magic 3) geymerofoni 443452 ball bilan band etgan. Keyingi o‘rinlarda esa tegishlicha OnePlus 7 (443241 ball), Black Shark 2 (442971 ball), Xiaomi Mi 9 Explorer Edition (440740 ball), ZTE Axon 10 Pro 5G (437591 ball), Meizu 16s (433388 ball) hamda Redmi K20 Pro (432159 ball) smartfonlari turibdi.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, kuchli o‘nlikning naq to‘rtta pog‘onasini Xiaomi smartfonlari egallagan va birinchi marta uning hamyonbop brendi vakili qudratlilar reytingiga kirgan. Garchi aynan bu modellar hali bizga rasman kirib kelmagan bo‘lsa-da, kompaniyaning ayrim telefonlarini 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Telegram dasturchilari Xiaomi va Huawei smartfonlari egalariga zo‘r maslahat berishdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!