TOP-10: Eng ommabop smartfonsozlar reytingida Apple’ni ikkinchi o‘rindan tushirishdi!

  •   DiMaX
  •  1311
  •  31.07.2021 11:18

TOP-10: Eng ommabop smartfonsozlar reytingida Apple’ni ikkinchi o‘rindan tushirishdi!

Omdia kompaniyasi tahlilchilari 2021 yilning ikkinchi choragi holatiga ko‘ra smartfon bozori haqida hisobotni e’lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur muddatda dunyo bo‘yicha 299,1 millionta smartfon sotilgan.

O‘QING: TOP-10: Eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar (2021 yil iyun)

Mazkur ko‘rsatkich 2020 yilning mos davridagi natijadan 6,9 foizga yuqori – bultur 2-kvartalda jami 279,1 million dona aqlli telefon sotilgan edi.

2021 yilning ikkinchi choragida eng ko‘p smartfon sotgan o‘nta brend ro‘yxati esa quyidagicha:

  1. Samsung
  2. Xiaomi
  3. Apple
  4. OPPO
  5. vivo
  6. realme
  7. Motorola
  8. Huawei
  9. Tecno
  10. Honor

Bu yerda eng ko‘p e’tiborga Xiaomi loyiq – o‘tgan kvartalda bu kompaniya Apple’ni quvib o‘tib, ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu davrda u 49,9 millionta mobil qurilma sotib, bir yilda eng yirik – naq 72,9 foizlik sakrashga erishgan. Ammo bu borada  Realme undan ham o‘zib ketgan – 174,5 foizlik o‘sish!

O‘QING: Egasini rozi qilgan o‘nta smartfon (Antutu reytingi, 2021 yil iyun)