TOP-10: Eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu global reytingi, 2021 yil fevral)

  •   DiMaX
  •  1516
  •  06.03.2021 11:30

TOP-10: Eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu global reytingi, 2021 yil fevral)

Kuni kecha biz AnTuTu benchmarkining eng kuchli smartfonlar reytingini, shuningdek, o‘rta narxli o‘nta eng zo‘r telefonlar ro‘yxatini chiqargan edik. Biroq ularning ikkalasi ham Xitoydagi foydalanuvchilar tomonidan ushbu servisda o‘tkazilgan tekshiruvlarga asoslangan edi. Endi esa butun dunyodagi smartfonlar egalarining fevral oyida o‘tkazib ko‘rgan testlari natijalarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari asosida global reytinglar ham e’lon qilindi.

O‘QING: Redmi «damini olaversin» – Snapdragon 888 chipli eng arzon flagman chiqdi!

Global reyting xitoychasidan ancha farq qiladi, lekin bunisida ham g‘olib o‘sha – Vivo kompaniyasining iQOO brendi tayyorlagan iQOO 7 geymerofoni (727 730 ball). Yetakchidan tashqari, kuchli uchlikka kirgan yana ikkki flagman – Xiaomi Mi 11 (708 990 ball) hamda Samsung Galaxy S21 Ultra 5G (680 130 ball) ham Snapdragon 888 protsessori bazasida ishlaydi.

Qizig‘i shundaki, to‘rtinchi o‘rinni nisbatan eski, ya’ni 2020 yilning oktyabrida taqdim etilgan flagman – Kirin 9000 chipli Huawei Mate 40 Pro (654 616 ball) egallagan. Ro‘yxatdagi shundan boshqa barcha modellarni bu yilga mansub, deyish mumkin.

O‘QING: Bryus Li «birinchi raqamli Android-smartfon»ni e’lon qildi

AnTuTu global reytingida qolgan pog‘onalarni quyidagi smartfonlar egallagan:

  1. Samsung Galaxy S21+ 5G (Exynos 2100 chipli) – 646 172 ball;
  2. Samsung Galaxy S21 Ultra 5G (Exynos 2100 chipli) – 638 272 ball;
  3. Asus ROG Phone 3 (Snapdragon 865+ chipli) – 630 089 ball;
  4. Oppo Find X2 Pro (Snapdragon 865 chipli) – 610 366;
  5. Samsung Galaxy S21 5G (Exynos 2100 chipli) – 601 031 ball;
  6. OnePlus 8 Pro (Snapdragon 865 chipli) – 596 921 ball.

Xitoychasidan farqli ravishda, global reytingda eng ko‘p – naq to‘rtta o‘rinni Samsung vakillari zabt etgan. Qolgan oltita pog‘onadan esa Vivo, Xiaomi, Huawei, Asus, Oppo hamda OnePlus kompaniyalarining bittadan flagmanlari joy olgan.

O‘QING: Egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.