TOP-10: Eng ravon ishlovchi smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil)

  •   DiMaX
  •  2171
  •  19.01.2021 13:02

TOP-10: Eng ravon ishlovchi smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil)

AnTuTu servisi avvalroq 2020 yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra eng zo‘r Android-flagmanlar TOP-o‘ntaligini chiqargan. Shuningdek, benchmark jamoasi o‘rta narx toifasiga mansub telefonlarning eng kuchlilari reytingini ham taqdim etgan. Bu ikkalasidan tashqari...

O‘QING: 2020 yil so‘ngida beshta narx toifasida eng qudratli Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari)

Xitoyning yana bir ommabop benchmarki – Master Lu jamoasi esa 2020 yil yakunlariga ko‘ra eng ravon ishlovchi smartfonlarning o‘ntaligini e’lon qildi. Unda Xiaomi kompaniyasi avgustda chiqargan yubiley superflagmani – Mi 10 Ultra (xitoycha versiyada – Mi 10 Extreme Commemorative Edition) modeli eng zo‘ri deb topildi.

Master Lu ekspertlarining aniqlik kiritishlaricha, ushbu qurilma umuman Android-smartfonlar orasida 200 ballik dovondan oshgan birinchi gadjet bo‘lgan. Reyting g‘olibi 202,72 ballik natija ko‘rsatgan bo‘lib, uning afzalliklari qatorida MIUI 12 grafik qobig‘i, 120 gerslik ekrani, LPDDR5 hamda UFS3.1 toifali tezkor/ichki xotira chiplari e’tirof etilgan. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, Xiaomi Mi 10 Ultra ravon ishlashi bo‘yicha iPhone smartfonlari va iOS tizimi bilan bemalol bellasha oladi.

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rin ham «Xitoycha Apple» vakiliga, aniqrog‘i – uning arzonchi Redmi brendining yubiley flagmaniga nasib etgan va u ham 200 balldan oshiq natija ko‘rsatgan. Bu – Redmi K30 Ultra (yoki Redmi K30 Extreme Commemorative Edition) modeli bo‘lib, kompaniya uni ham o‘zining o‘n yillik yubileyida taqdim etgan edi.

O‘QING: Xiaomi flagmanlarida yashirin bir funksiya bor...

Eng ravon ishlovchi smartfonlarning kuchli uchtaligini Oppo kompaniyasining Find X2 Pro flagmani yakunlab bergan. Mana, to‘liq reyting quyidagicha ko‘rinish olgan:

Demak, mazkur ro‘yxatga yana tegishlicha Nubia Red Magic 5S, Oppo Ace 2, Huawei Mate 40 Pro, Nubia Red Magic 5G, Honor 30 Pro+, Huawei P40 Pro+ hamda iQOO Neo 3 flagmanlari kirgan.

O‘QING: «Qurilmalarni qiynovchi» texnobloger 2020 yilning eng, eng, eng... smartfonlarini e’lon qildi (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!