TOP-10: Eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar (2021 yil iyun)

  •   DiMaX
  •  2008
  •  29.07.2021 15:19

TOP-10: Eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar (2021 yil iyun)

Huishoubao kompaniyasi mobil qurilmalarning ikkilamchi bozorda o‘z narxini saqlab qolishiga ko‘ra reytinglarini e’lon qilib keladi. Bugun u 2021 yilning iyun oyi holatiga ko‘ra yangi reytingini taqdim etdi.

O‘QING: vivo smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyul)

Unga ko‘ra, o‘z narxini saqlab qolish bo‘yicha 76,68 indeksi bilan Huawei Mate 40 Pro Plus flagmani liderlikka erishgan. Eng sekin arzonlashuvchi smartfonlarning kuchli uchligiga yana iPhone 12 Pro (75,73 indeksli) hamda Huawei Mate 40 Pro (71,11 indeksli) kirgan.

Ta’kidlash kerakki, DxOMark laboratoriyasi 2020 yil yakunlariga ko‘ra aynan Huawei Mate 40 Pro+ flagmanini eng zo‘r kamerofon, deya e’lon qilgan.

O‘QING: realme smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyul)

Narxini eng sekin yo‘qotuvchi o‘nta smartfon reytingining to‘liq ko‘rinishi esa quyidagicha tus olgan:

  1. Huawei Mate 40 Pro Plus – 76,68
  2. iPhone 12 Pro – 76,48
  3. Huawei Mate 40 Pro – 75,73
  4. Huawei P40 Pro Plus – 74,11
  5. iPhone 12 Pro Max – 73,13
  6. iPhone 12 – 70,60
  7. Huawei Mate 40 RS Porsche Designe – 66,67
  8. Huawei P40 Pro – 63,50
  9. Huawei Mate 30E Pro 5G – 62,28
  10. Xiaomi Mi 10 Ultra – 62,01

Ishlab chiqaruvchilar kesimida olib qaraganda, reyting shohsupasini hamda umuman ro‘yxatdagi naq oltita pog‘onani Huawei kompaniyasining vakillari band etgan. Kuchli o‘ntalikka Apple’ning uchta ayfoni hamda Xiaomi’ning bitta flagmani kirgan.

O‘QING: Eng zo‘r flagman va turli jihatlardan eng yaxshi hamyonbop smartfonlar («Roskachestvo» oltita reytingi, 2021 yil iyun)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!