TOP-10: Eng tezkor Android-smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2021 yil iyun)

  •   DiMaX
  •  1664
  •  05.07.2021 17:43

TOP-10: Eng tezkor Android-smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2021 yil iyun)

Biz boyagina AnTuTu benchmarki ma’lumotlari asosida joriy yilning iyun oyida o‘z egalarini rozi qilgan o‘nta smartfon ro‘yxatini chiqargan edik. Mazkur servis jamoasi endi samaradorlik bo‘yicha eng zo‘r o‘nta Android-smartfon reytingini ham taqdim etdi.

O‘QING: Eng zo‘r flagman va turli jihatlardan eng yaxshi hamyonbop smartfonlar («Roskachestvo» oltita reytingi, 2021 yil iyun)

AnTuTu benchmarkida may oyidagi tekshiruvlar natijalari asosida tuzilgan eng qudratli flagmanlar reytingi g‘olibi – Black Shark 4 Pro modeli iyun oyida ham taxtni bo‘shatgisi kelmadi. Xiaomi korporatsiyasining o‘yin qurilmalariga ixtisoslashgan brendi yaqindagina taqdim etgan mazkur flagman 849 822 ball bilan ketma-ket uchinchi oy xitoycha reytingda yetakchilik qilmoqda.

Ikkinchi o‘rinni yana Nubia Red Magic 6 Pro (833 276 ball) geymerofoni  egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka OnePlus 9 Pro (824 459 ball) flagmani ham kirgan.

Guvohi bo‘lyapmizki, eng zo‘r Android-smartfonlar o‘ntaligiga yana OPPO Find X3 Pro, Vivo X60 Pro+, iQOO 7, OnePlus 9, Realme GT, ASUS ROG Phone 5 hamda Xiaomi Mi 11 Ultra flagmanlari ham kirgan. Aytish kerakki, aprel oyidan buyon eng kuchli flagmanlar reytinglarida faqatgina Qualcomm Snapdragon 888 protsessorli modellarni ko‘rish mumkin.

E’tibor bering: yuqoridagi ro‘yxat xitoylik foydalanuvchilarning AnTuTu servisidagi tekshiruvlari asosida shakllantirilgan. Mazkur benchmark butun dunyodagi smartfon egalarining testlari asosidagi global reytingni keyinroq taqdim etishi kerak.

O‘tgan oydagi global reytingda esa...

O‘QING: Dunyodagi eng zo‘r flagmanlar reytingida ilk bor Realme g‘olib! (Antutu, 2021 yil may)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.