TOP-10: Eng tezkor o‘nta flagman (AnTuTu reytingi, 2021 yil may)

  •   DiMaX
  •  1096
  •  02.06.2021 17:06

TOP-10: Eng tezkor o‘nta flagman (AnTuTu reytingi, 2021 yil may)

AnTuTu benchmarki bir oycha avval o‘zining test ilovasini yangilab, 9-versiyada chiqargan edi. Uning may oyidagi reytinglari aynan mana shu – AnTuTu V9 talqinida test qilingan smartfonlar natijalariga asoslangan.

O‘QING: Beshta narx toifasidagi eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu, 2021 yil aprel)

To‘qqizinchi talqindagi AnTuTu benchmarkida yangicha GPU (grafik tezlatgich) testi paydo bo‘lgan, asosiy protsessor testi qayta ishlangan, shuningdek tezkor va doimiy xotira testlariga o‘zgarishlar kiritilgan.

O‘tgan oyida eng kuchli flagmanlar reytingini Qualcomm Snapdragon 888 protsessorli modellar butkul band etgan bo‘lsa, may oyida ham shu holat kuzatiladi. Shuningdek, reyting yetakchisi ham o‘zgarmagan – Xiaomi korporatsiyasining o‘yin qurilmalariga ixtisoslashgan brendi yaqindagina taqdim etgan flagman – Black Shark 4 Pro modeli (830 022 ball).

Kuchli uchlikra yana bir o‘yinbop smartfon – Nubia Red Magic 6 Pro (829 900 ball) hamda OnePlus 9 Pro (828 748 ball) flagmani kirgan.

O‘QING: «iQOO 7, taxtni bo‘shat!» – AnTuTu’da yangi rekordchi paydo bo‘ldi

May oyidagi eng kuchli smartfonlar o‘ntaligiga yana quyidagi modellar kirgan:

  1. OPPO Find X3 Pro – 824 451 ball
  2. Vivo X60 Pro+ – 819 738 ball
  3. iQOO 7 – 817 867 ball
  4. OnePlus 9 – 815 515 ball
  5. Asus ROG Phone 5 – 812 831 ball
  6. Realme GT – 812 697 ball
  7. Xiaomi Mi 11 Ultra – 803 790 ball

E’tiborlisi shundaki, shu yilning 4 mart kuni namoyish qilingan Snapdragon 888 chipli eng arzon flagman – Realme GT ham eng qudratli smartfonlar o‘ntaligiga kirgan.

O‘QING: Eng zo‘r hamyonbop smartfonlar taxtiga yangi da’vogar! (AnTuTu reytingi, 2021 yil aprel)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!