TOP-10: eng tezkor va ommabop SSD-disklar (Master Lu reytingi, 2021 yil 1-chorak)

  •   DiMaX
  •  975
  •  20.04.2021 14:59

TOP-10: eng tezkor va ommabop SSD-disklar (Master Lu reytingi, 2021 yil 1-chorak)

Hozirgi zamonaviylashuv davrida HDD disklarga ega kompyuterlar o‘rnini SSD diskli kompyuterlar egallab bormoqda. Bu ikki tur saqlagichlarning asosiy xususiyatlari hamda o‘zaro farqlarini mana bu maqolamizdan bilib olishingiz mumkin.

O‘QING: Kompyuter va noutbukda ishni qulaylashtiruvchi beshta bepul dastur

Master Lu benchmarki jamoasi joriy yilning birinchi kvartali holatiga ko‘ra SSD-disklarning tezkorlik reytingini e’lon qildi. Bir terabayt hajmli WDBlack SN850 modelli SSD-saqlagich yetakchi deb topildi. PCIe 4.0 standartini qo‘llab-quvvatlovchi bu diskning maksimal o‘qish va yozish tezligi tegishlicha 7000 MB/soniya va 5300 MB/soniyani tashkil etgan.

Ikkinchidan beshinchigacha bo‘lgan o‘rinlarni Samsung mahsulotlari egallagan: mos tarzda EVO 980 Pro rusumli saqlagich, GALAXY HOF Pro modeli, Samsung PM981 diski va 970 EVO Plus saqlagichi.

Eng ommabop SSD-saqlagichlar orasida Samsung’dan tashqari Western Digital hamda Kingston kompaniyalarining mahsulotlari ham bor. Shu uchta brend saqlagichlari birgalikda SSD bozorining 44,2 foizini egallagan.

O‘QING: Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!