TOP-10: Eng xaridorgir 5G-smartfonlar reytingida kutilmagan lider!

  •   DiMaX
  •  1583
  •  22.12.2020 12:50

TOP-10: Eng xaridorgir 5G-smartfonlar reytingida kutilmagan lider!

Keyingi bir yil davomida ko‘plab ishlab chiqaruvchilar turli narx toifalarida 5G-smartfonlar taqdim etishgan. Counterpoint esa joriy yilning oktyabr oyida ulardan qaysilari eng ko‘p sotilgani bo‘yicha qiziq statistikani e’lon qildi.

O‘QING: Samsung eng arzon 5G-smartfonini butkul yangicha dizaynda tayyorlabdi!

Unga ko‘ra, beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi telefonlar bozorida iPhone 12 yetakchi ekan. Garchi bu model oktyabrning atigi so‘nggi ikki haftasida sotilgan bo‘lsa-da, o‘sha oy reytingida bozorning 16 foizlik ulushi bilan birinchi o‘rinni olgan!

Qizig‘i – uning yanada ilg‘or iPhone 12 Pro versiyasi reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsada, 5G-smartfonlar bozorida uning hissasi ikki baravarga kam – 8 foiz. Kuchli uchlikni Galaxy Note 20 Ultra 5G flagmani yakunlagan bo‘lsa-da, bozorda uning ulushi yana ikki karra past – bor-yo‘g‘i 4 foiz.

Guvohi bo‘layotganingizdek, oktyabrda eng ko‘p sotilgan 5G-smartfonlar top-o‘ntaligiga Huawei Nova 7, Huawei P40, Oppo A72, Huawei P40 Pro, Galaxy Note 20, Galaxy S20+ hamda Oppo Reno4 SE modellari kirgan.

Ishlab chiqaruvchilar kesimida qaraganda, kuchli o‘ntalikda eng ko‘pi Huawei hamda Samsung mahsulotlari ekan – har birining uchtadan qurilmasi. Reyting boshidagi ikkita pog‘onani Apple ayfonlari zabt etgan bo‘lsa, qolgan ikkita o‘rinni Oppo kompaniyasining vakillari band qilgan.

Yuqoridagi ma’lumotlarni e’lon qilgan Patently Apple nashri yana bir qiziq jihatni ta’kidlagan. oktyabrda ikki haftagina sotilgan iPhone 12 modeli nafaqat o‘sha oy reytingida, balki yil boshidan buyon hisoblaganda ham eng xaridorgir 5G-smartfon bo‘lgan. Ya’ni, ushbu ayfonning ikki haftada sotilgani kabi ko‘rsatkichga yil boshidan beri sotilib kelayotgan birorta 5G-smartfon erisha olmagan!

O‘QING: TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!