TOP-10: Hamyonbop smartfonlarning eng zo‘rlari (AnTuTu reytingi, 2021 yil iyul)

  •   DiMaX
  •  1739
  •  04.08.2021 15:49

TOP-10: Hamyonbop smartfonlarning eng zo‘rlari (AnTuTu reytingi, 2021 yil iyul)

Kechagina biz AnTuTu benchmarki mutaxassislari taqdim etgan, 2021 yilning iyul oyidagi smartfonlarga xos ikkita reytingni e’lon qilganmiz. Bulardan biri eng tezkor Android-flagmanlar ro‘yxati bo‘lsa, ikkinchisi egalari rozi bo‘lgan smartfonlar TOP-o‘ntaligidir.

O‘QING: Eng arzonidan eng zo‘rigacha: Android-smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2021 yil iyun)

Ushbu servis endi o‘rta narx toifasiga mansub smartfonlarning ham eng tezkorlari o‘ntaligini taqdim etdi. Qualcomm Snapdragon 780G protsessorli Xiaomi Mi 11 Lite unda ketma-ket uchinchi oy liderlik qilmoqda.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa, mana ikki oydirki, Snapdragon 778G chipsetli Honor 50 hamda Honor 50 Pro modellari egallab turibdi.

O‘QING: TOP-10: Eng ommabop smartfonsozlar reytingida Apple’ni ikkinchi o‘rindan tushirishdi!

AnTuTu versiyasiga ko‘ra o‘rta narx toifasidagi eng kuchli smartfonlar ro‘yxatiga yana quyidagilar kirgan:

  1. Oppo Reno 6 5G,
  2. Redmi 10X 5G,
  3. Realme Q3 Pro Carnival Edition,
  4. Oppo K9 5G,
  5. iQOO Z3,
  6. Huawei Nova 8 Pro,
  7. Huawei Nova 8.

Mazkur ro‘yxatni shakllantirish uchun 2021 yilning 1–31 iyul kunlari AnTuTu benchmarkida kamida ming marta tekshirib ko‘rilgan smartfonlarning o‘rtacha (eng yuqori emas) natijalari olingan.

O‘QING: Avgustda chiqayotgan yangi flagman GeekBench’da rekord o‘rnatdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!