TOP-10: Maydagi smartfonlar orasida kutilmagan lider! (Master Lu reytingi)

  •   DiMaX
  •  1095
  •  04.06.2020 15:31

TOP-10: Maydagi smartfonlar orasida kutilmagan lider! (Master Lu reytingi)

O‘tgan oyda biz Master Lu benchmarkiga ko‘ra aprelda chiqqan Android-smartfonlardan eng zo‘rlari reytingini chiqargan edik. Mazkur servis endi may oyida taqdim etilgan «yashil robotchali» eng kuchli telefonlarning ham ro‘yxatini e’lon qildi.

O‘QING: Dunyodagi eng kuchli smartfon, protsessor va proshivkalar TOP-o‘ntaliklari (Master Lu reytinglari, 2020 yil 1-chorak)

Bu galgi natijalar o‘zgacha: MediaTek kompaniyasining Dimensity 1000 Plus rusumli flagman protsessori kutilmaganda Qualcomm flagmani – Snapdragon 865 chipsetidan ustun keldi! Ushbu chipni ilk bor Vivo kompaniyasi IQOO Z1 5G rusumli geymerofonida qo‘llagan. Xitoyda hozir chegirma bilan – atigi 280 dollardan sotilayotgan shu model 180,27 ball bilan may oyidagi smartfonlar orasida birinchi o‘rinni olgan!

Keyingi uchta o‘rinni Snapdragon 865 protsessorli Realme X50 Pro Player Edition, Meizu 17 hamda Meizu 17 Pro modellari ozgina farq – 172,99, 172,96 va 172,32 ballik ko‘rsatkichlar bilan band etgan. Dimensity 820 chipsetiga asoslangan Redmi 10X Pro modeli bo‘lsa 161,73 ball bilan kuchli beshlikni yakunlab bergan.

Oltinchidan o‘ninchigacha bo‘lgan o‘rinlarni Honor X10, Redmi K30 5G Extreme ​​Edition, Redmi 10X 5G, Redmi 10X 4G hamda Huawei Enjoy Z 5G modellari band etgan.

O‘QING: O‘rta narxli smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!