TOP-10: Narxini eng sekin yo‘qotadigan smartfonlar (2020 yil reytingi)

  •   DiMaX
  •  6008
  •  09.12.2020 17:36

TOP-10: Narxini eng sekin yo‘qotadigan smartfonlar (2020 yil reytingi)

Xitoyning Huishoubao nashri ommabop smartfonlarning o‘z qiymatini saqlab qolish bo‘yicha reytinglarini taqdim etib keladi. Masalan, uning sentyabrdagi ro‘yxatida iPhone 11 modeli to‘qqizinchi o‘rinnigina egallagan edi.

O‘QING: iPhone 12’ning tannarxini hisoblashdi: Apple uni ikki baravardan oshiq narxda pullayapti!

Kuni kecha Huishoubao joriy yil natijalariga ko‘ra yangi reytingni taqdim etdi. Unda dastlabki ikkita o‘rinni Xiaomi vakillari – Xiaomi Mi 10 hamda Xiaomi Mi 10 Pro band etgan. Kuchli uchlikni Honor 30 Pro+ flagmani yakunlab bergan.

Bulardan tashqari, sekin arzonlashuvchi smartfonlarning o‘ntaligiga Huawei Mate Xs, Huawei P40, Huawei P40 Pro, Honor 30 Pro, OnePlus 8, Honor Play 4 va Huawei Nova 7 modellari kirgan.

Darvoqe, 2020 yilning 3-choragida smartfon bozoridagi daromadning 93 foizini ikkitagina kompaniya bo‘lishib olganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Galaxy S20 olishga shoshilmang – Galaxy S21’lar undan arzon chiqadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.