TOP-10: O‘rta narxli eng zo‘r Android-smartfonlar (AnTuTu reytingi)

  •   DiMaX
  •  3813
  •  14.02.2020 10:03

TOP-10: O‘rta narxli eng zo‘r Android-smartfonlar (AnTuTu reytingi)

Yaqinda biz Xitoy bozoridagi eng kuchli smartfonlar bo‘yicha AnTuTu reytingini e’lon qilgan edik. Mazkur benchmark endi butun dunyodagi foydalanuvchilarning tekshirib ko‘rishlari asosida o‘rta narxli eng yaxshi smartfonlar reytingini ham chiqardi.

O‘QING: AnTuTu'da navbatdagi rekord!

Buni qarangki, tanqidlarga sabab bo‘lgan MediaTek Helio G90T platformasi asosidagi, 6/128 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega Redmi Note 8 Pro modeli 290 239 ball bilan bu reyting yetakchisi bo‘lgan. Snapdragon 730G chipsetiga va 6/128 GBlik xotiraga ega Mi Note 10 smartfoni 264 898 ball bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan. Kuchli uchlikni yana shu Xiaomi kompaniyasining Mi 9T modeli (Snapdragon 730G, 6/128 GB) yakunlab bergan – 260 382 ball.

Keyingi o‘rinlarni tegishlicha Samsung A80 (250 884 ball), Realme XT (224 011 ball), Mi 9 SE (223 441 ball), Realme Q (222 718 ball), Mi 9 Lite (215 624 ball), Redmi Note 7 (215 060 ball) hamda Vsmart Live (214 421 ball) smartfonlari egallagan.

O‘QING: Xoh kamera, xoh ovoz, Xiaomi – eng shovvoz! (DxoMark reytingi)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!