TOP-10: O‘rta narxli eng zo‘r o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil oktyabr)

  •   DiMaX
  •  2286
  •  04.11.2020 17:10

TOP-10: O‘rta narxli eng zo‘r o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil oktyabr)

Boyagina biz eng zo‘r iPhone va iPad’lar bo‘yicha Antutu servisi taqdim etgan reytingni e’lon qilgan edik. Mazkur benchmark, shuningdek, oktyabrdagi tekshiruvlarga ko‘ra eng kuchli Android-flagmanlar ro‘yxatini ham ma’lum qilgan. Endi esa navbat eng qudratli hamyonbop smartfonlarga keldi.

O‘QING: Bu smartfonsoz Samsung, Xiaomi, Vivo, Apple va Huawei’dan ham o‘zib, mutlaq rekord o‘rnatdi!

Eng zo‘r flagmanlar reytingida bo‘lgani kabi, o‘rta narxli eng yaxshi smartfonlarni saralashda ham aynan xitoylik foydalanuvchilarning AnTuTu benchmarkida sinab ko‘rishlari inobatga olingan. O‘tgan oydagi hamyonbop smartfonlar reytingida bo‘lganidek, Xiaomi bu gal ham yuqori o‘rinlarni hech kimga bermagan.

Shu tariqa, kuchli uchlikdagi modellar o‘z joyida turibdi, faqat benchmarkda ular to‘plagan ballar o‘tgan oydagidan yuqoriroq. Ya’ni, Redmi 10X Pro 5G hamda Redmi 10X flagmanlari tegishlicha 398 483 ball va 393 622 ball bilan dastlabki ikkita pog‘onani band etib turibdi. Kirin 985 chipseti bazasidagi Honor 30 modeli esa 387 136 ball bilan uchlikni yakunlagan.

AnTuTu’ning ushbu ro‘yxatida keyingi o‘rinlarni tegishlicha Huawei kompaniyasining Nova 7 Pro hamda Nova 7 modellari egallagan – bular ham o‘sha Kirin 985 protsessori bazasida ishlaydi. 6–8-o‘rinlarda bo‘lsa Kirin 820 protsessorli Honor X10, Honor 30s hamda Huawei Nova 7 SE smartfonlari joylashgan.

Ro‘yxatning oxiridan joy olgan Redmi K30 Extreme Edition hamda OPPO Reno 4 modellari esa tegishlicha Snapdragon 768G va Snapdragon 765G chipseti bazasiga qurilgan.

Shu tariqa, reytingda Redmi flagmani yetakchi bo‘lsa-da, ro‘yxatdagi naq oltita o‘rinni Huawei vakillari band etgan.

O‘QING: Realme’ning hamyonbop smartfoni AnTuTu’da hatto Galaxy S20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlarini «yer tishlatdi»!