TOP-10: O‘zbekistondagi kiberxavfsizlik ta’minlangan tashkilotlar

  •   DiMaX
  •  2996
  •  22.07.2020 14:37

TOP-10: O‘zbekistondagi kiberxavfsizlik ta’minlangan tashkilotlar

O‘zbekiston Kiberxavfsizlik markazi DUK tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash reytingi aniqlandi. Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, reyting Kiberxavfsizlik markaziga davlat organlari tomonidan axborot va kiberxavfsizlikni monitoring qilish tizimi doirasida taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida baholangan.

O‘QING: Xakerning onasi turmaga kirib, barcha kompyuterlarning himoyasini buzib chiqdi!

Eng yuqori reytingga ega tashkilotlar TOP-10 taligiga quyidagilar kirdi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (88,1 ball)
  2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (87 ball)
  3. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (82.7 ball)
  4. Namangan viloyati hokimligi (80.5 ball)
  5. O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi (80 ball)
  6. ATIB «Ipoteka-Bank» (79.8 ball)
  7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (76,7 ball)
  8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qomitasi (75,5 ball)
  9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (75,1 ball)
  10. «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki (74,9 ball)

O‘QING: Diniy saboq o‘rtasida porno-rolik namoyish etilgani uchun Zoom’ni sudga berishdi

Ta’kidlash joizki, Adliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz), me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (Project.gov.uz), me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (Regulation.gov.uz), «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimi (E-notarius.uz), nodavlat notijorat tashkilotlari portali (E-ngo.uz), Davlat xizmatlari portali (Davxizmat.uz), «Intellektual mulk» axborot-qidiruv tizimi singari va boshqa yirik axborot resurslari tegishli.

Adliya vazirligi, shuningdek, mashhur ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar imkoniyatlaridan ham faol foydalanmoqda. Xususan, «Huquqiy axborot», «Pravovaya informatsiya» va «LegalInfo» telegram-kanallari faoliyat yuritib, ularda davlat, rus va ingliz tillarida tezkor ravishda qonunchilikdagi o‘zgarishlar, huquqiy islohotlar, qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatiga doir axborotlar joylashtirib boriladi. Mazkur kanallar obunachilarining umumiy soni qariyb 300 mingga yaqin.

O‘QING: «O‘zavtosanoat» saytiga xakerlar hujum qilishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!