TOP-10: smartfonlarga eng ko‘p o‘rnatilgan ilovalar (2021 yil aprel)

  •   DiMaX
  •  2064
  •  06.05.2021 17:02

TOP-10: smartfonlarga eng ko‘p o‘rnatilgan ilovalar (2021 yil aprel)

Sensor Tower kompaniyasi butun dunyo bo‘yicha mobil qurilmalarga aprel oyida eng ko‘p yuklab olingan ilovalar bo‘yicha hisobot taqdim etdi. Unga ko‘ra, umumiy reytingda TikTok hamda uning xitoycha analogi – Douyin yetakchilikni saqlab qolgan.

O‘QING: 14 yoshli TikTok-bloger qiz nogiron opasini o‘ldirib qo‘ydi

Aprel oyida bu ilova jami 59 million martacha o‘rnatib olingan, lekin bu o‘tgan yilning shu oyidagiga nisbatan salkam ikki marta kam ko‘rsatkichdir. Platforma egasi – ByteDance kompaniyasiga AQSh hukumatining cheklovlari, shuningdek Xitoy bilan Hindiston o‘rtasidagi siyosiy ziddiyat xalaqit bergan.

Quyidagi skrinshotda birinchi ustun ilovalarning umumiy yuklab olinishiga ko‘ra, ikkinchi va uchinchi ustunlarda esa – tegishlicha App Store hamda Google Play kataloglaridan ko‘chirib olingani bo‘yicha reytinglari aks ettirilgan:

Ko‘rib turganingizdek, Facebook kliyenti Android-qurilmalarga o‘rnatishlar bo‘yicha yetakchi bo‘lsa, umumiy reytingda ikkinchi o‘rinda turibdi. Apple mobil devayslarga yuklab olishlar ro‘yxatida YouTube ilovasi ikkinchi pog‘onani egallagan. Har uchala reytingda kuchli uchlikni Instagram yakunlab bermoqda.

O‘QING: Pulli o‘yin va ilovalarga obuna bo‘yicha bepul ega bo‘ling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.