TOP-10: Tesla rahbari eng boylar reytingida Sukerbergdan o‘zib, kuchli uchlikka kirdi!

  •   DiMaX
  •  2106
  •  21.11.2020 11:02

TOP-10: Tesla rahbari eng boylar reytingida Sukerbergdan o‘zib, kuchli uchlikka kirdi!

16 noyabr kuni NASA hamkorligida tarixda ilk bor xususiy kompaniya – SpaceX fazogirlarni Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga uchirgan edi. Shu bilan birga, mazkur kompaniya asoschisi Ilon Mask hayotida shu haftada yana bir muhim voqea ro‘y berdi.

O‘QING: Kosmosga birinchi sayyohlik yo‘llanmalari sotilmoqda

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Ilon Mask umrida birinchi marta dunyodagi eng boy kishilar ro‘yxatida kuchli uchlikka kirdi. Naq 120 milliard dollarga yetgan sarmoyasi bilan u badavlat kishilar reytingida Mark Sukerbergdan o‘zib ketdi. Facebook asoschisi hozirda 103 milliard dollarga egalik qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Maskning boyligi ortishida uning SpaceX kompaniyasi XKSga astronavt uchirganidan ko‘ra boshqa bir omil ko‘proq sababchi bo‘lgan. Ya’ni, unga qarashli yana bir mashhur kompaniya – Tesla kelasi oyda AQShning 500ta eng yirik kompaniyasi kiritilgan S&P 500 ro‘yxatidan o‘rin olishi haqidagi xabar chiqqan.

Shundan so‘ng uning aksiyalari narxi keskin – 14 foizga qimmatlashib, kompaniya qiymati bir soatda naq 40 milliard dollarga oshgan. Ayni damda Tesla kapitalizatsiyasi 386 dollarni tashkil etmoqda; 2020 yilning boshidan beri esa uning aksiyalari naq 400 foizga o‘sgan!

O‘QING: Lucid Air elektromobili Tesla’ning barcha rekordlarini bir pul qildi! («jonli» video)

Sayyoramizdagi eng badavlat kishilar ro‘yxati va ularning boyligi miqdori esa quyidagicha:

Ko‘rib turganingizdek, kuchli o‘nlikdagi boylarning aksariyati AQShdan; yana ularning asosiy qismi aynan texnologiyalar sohasining vakillaridir. Dunyoda hozir Ilon Maskdan ko‘ra boyroq bo‘lgan ikki nafargina inson mavjud: Microsoft hammuassisi Bill Geyts ($128 mlrd) hamda ketma-ket uch yildan beri Yer sharining eng boy odami, Amazon korporatsiyasi rahbari Jeff Bezos ($183 mlrd).

Darvoqe, elektromobillar va akkumulyatorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Tesla kompaniyasi yaqinda kutilmaganda Tesla Tequila nomli spirtli ichimlik – tekila taqdim etgan.

O‘QING: Ilon Mask xalqaro qonunlarni tan olmaydi – Marsda u o‘z qonunlarini o‘rnatmoqchi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!