TOP-10: Uyali aloqa signalini eng yaxshi tutuvchi smartfonlar (2019 yil iyul)

  •   DiMaX
  •  9383
  •  09.07.2019 08:32

TOP-10: Uyali aloqa signalini eng yaxshi tutuvchi smartfonlar (2019 yil iyul)

Xitoydagi mashhur test servislaridan biri – Master Lu benchmarki kuni kecha smartfonlarning yangi reytingini e’lon qildi. Unda uyali aloqa signalini qabul qilish ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yaxshi telefonlar o‘nligi aks etgan.

O‘QING: TOP-10: Antutu’ga ko‘ra eng kuchli Android-smartfonlar (2019 yil, iyul)

Shunday qilib, antennasi eng kuchli smartfon Xiaomi Mi 9 (sotib olish) bo‘lib chiqdi. Ikkinchi o‘rin ZTE Axon 10 Pro modeliga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Lenovo Z6 Pro yakunlab berdi.

Mazkur ro‘yxatga Samsung kompaniyasining ikkita smartfoni kirgan – to‘rtinchi o‘rindagi Galaxy Note 9 (xarid qilish) hamda yettinchi pog‘onadagi Galaxy S10+ (sotib olish).

«Xitoycha Apple»ning Redmi Note 7 (xarid qilish) smartfoni ham uyali aloqa signalini tutishi bo‘yicha yaxshi ekan – to‘qqizinchi o‘rin. Shuningdek, beshinchi pog‘onani OPPO Reno 10x Zoom band etgan.

O‘QING: Bilasizmi, mobil internet eng ko‘p qayerda ishlatiladi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!