TOP-100: Eng ko‘p xirgoyi qilinuvchi qo‘shiqlarni Google e’lon qildi (+video)

  •   DiMaX
  •  2167
  •  09.12.2020 14:56

TOP-100: Eng ko‘p xirgoyi qilinuvchi qo‘shiqlarni Google e’lon qildi (+video)

Google kompaniyasi yaqinda 2020 yilning eng zo‘r Android-o‘yinlari ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Endi esa u yangi reytingni taqdim etdi – joriy yilda eng ko‘p xirgoyi qilingan va musiqasi hushtak qilib chalingan qo‘shiqlar!

O‘QING: Rossiyada eng serdaromad TikTok’chilar reytingida birinchi o‘rinni o‘zbek zabt etdi!

Bilsangiz kerak, Shazam ilovasining asosiy funksiyalari Google Assistant ovozli yordamchisiga ham joriy etilgan. Qidiruv giganti joriy yilning oktyabrida unga Hum to Search nomli yangi funksiya qo‘shgan – qo‘shiq so‘zlarini bilganingizcha uning musiqasiga solib xirgoyi qilsangiz, yoki hatto o‘sha ohangga o‘xshatib hushtak chalsangiz ham Google Assistant uni internetdan topib bera oladigan bo‘lgan.

Eng ko‘p xirgoyi qilingan yoki ohangi hushtak sifatida chalingan qo‘shiqlarning top-yuztaligi ayni mana shu yangi funksiya orqali qidiruvlar statistikasi asosida tuzilgan. Google ushbu reytingni Billboard nashri bilan birgalikda tuzgan va uning saytida e’lon qilgan.

Unga ko‘ra, Hum to Search yordamida xirgoyi qilingan qo‘shiqlar yetakchisi – Lil Nas X taxallusli amerikalik reperning Old Town Road nomli kovboycha qo‘shig‘i ekan.

Ikkinchi o‘rinni Rik Estli ismli britaniyalik xonandaning Never Gonna Give You Up nomli qo‘shig‘i egallagan. Eng qizig‘i shundaki, bu – o‘tgan asrda, aniqrog‘i – 1987 yili yaratilgan kompozitsiyadir!

Uchinchi o‘rin Tones and I taxallusli qo‘shiqchining Dance Monkey taronasi bo‘lgan. To‘liq ro‘yxat bilan esa mana bu yerda tanishish mumkin.

O‘QING: Selena Gomesni ham ortda qoldirgan Instagram yulduzi kim bo‘ldi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!