Top-12: Xaridorgir smartfonlar – narx va jihat

Top-12: Xaridorgir smartfonlar – narx va jihat

Smartfon bozoriga har kun yangi mobil aloqa vositasining biror modeli kirib kelmoqda. Telefonlar ko‘rinishi, narxi, samaradorligi, kamerasi, dasturiy ta’minoti yoki boshqa biror jihatlari bilan bir-birlaridan ajralib turishadi. Xaridorlar yaxshi telefonlarni xarid qilishadi. Ayniqsa, vaqt sinovidan o‘tgan brendlar, narxi insof doirasida bo‘lgan smartfon modellari bozorda yaxshi sotilmoqda.

Bugun jahon smartfon bozorlarida bo‘lgani kabi, Samsung Galaxy S8 modeli yurtimizda ham yaxshi sotilmoqda. Boisi, bu model hozirga kelib o‘tgan yilga qaraganda ancha arzonlashdi. Kompaniyaning bo‘yiga 148,9, eniga 68,1 mm bo‘lgan smarfton korpusi ichiga 5,8 dyuymli ekranni joylashtira olgani chindan ham hayratlanarli va buni texnologik mahorat deb atash mumkin. Natijada, old panelning 84,26% qismi ekrandan iborat va ekranning yon tomonlari silliq ravishda bukik.

Yurtimizdagi bahosi: 4,7  mln so‘mni tashkil qiladi.

 

Yaxshi sotilish bo‘yicha navbatdagi o‘rin Xiaomi Redmi 5 Plus modeliga nasib qildi. Zamonaviy dizayn hamda arzon narx evaziga taklif qilinayotgan munosib texnik imkoniyatlar foydalanuvchini xursand qiladi. Xiaomi Redmi 5 Plus ilg‘or va yangi Snapdragon 625 platformasiga ega bo‘lgan. 5,99 dyuymli, sig‘imi 2160x1080 piksel (FullHD+), tomonlar nisbati 18:9 o‘lchamli ekran yorqin va sifatli.

Yurtimizdagi bahosi: 1,2 mln so‘mni tashkil qiladi.

Uchinchi o‘rin  iPhone 8 smartfoniga nasib qilgan. Garchi bu model ekrani 4,7 dyuymli bo‘lsa ham, uning tezkor ishlashi hamda Apple mahsuloti ekani xaridorlarni ilhomlantirmoqda.

Yurtimizdagi bahosi:  5,6 mln so‘mni tashkil qiladi.

O‘qing: iPhone 8 va iPhone 8 Plus: Jahonning birinchi raqamli smartfonlari

Jahon smartfon tarixida ilk marotaba qadrdon "3,5 mm" o‘lchamdagi audio tuynkudan voz kechgan iPhone 7 hali ham yaxshi sotilmoqda. 4,7 dyuymli iPhone 7 jozibali va mislsiz dizayn, alyuminiy korpus va shisha uyg‘unligi, silliq dizayn va sayqallangan metall uyg‘unligida ishlab chiqarilgan. Ustiga-ustak hozirga kelib bu model ham jahon bozorlarida arzonlashib qolgan. Uning korpusi  IP67 standarti bo‘yicha suv hamda changdan himoya qilingan.

Yurtimizdagi bahosi:  4,5 mln so‘mni tashkil qiladi.

iPhone 8 Plus ayni paytda yaxshi sotilish bo‘yicha jahon smartfon bozorlarida kuchli beshtalikdan o‘rin olgan. iPhone 8 modelidan uning farqi qo‘sh sensorli bosh kamerasi hisoblanadi. Uning "qad-qomati" ham yirik. U samaradorlikda barcha Android smartfonlarni ortda qoldiradi. Boisi, iPhone 8 Plus'dagi "yurakcha" – yangi A11 Bionic protsessoridir. Aynan shu protsessor Apple iPhone X hamda  iPhone 8 modellariga ham o‘rnatilgan. iPhone 8 Plus 3 Gb tezkor xotiraga ega.

Yurtimizdagi bahosi: 6,6  mln so‘mni tashkil qiladi.

Yurtimizda iPhone X savdosi juda yuqori bo‘lmasa ham, jahon smartfon bozorlarida uni yaxshi xarid qilishmoqda. Ilg‘or flagmandagi 5.8 dyuymli shisha korpus suv va changdan himoyalangan. Ekran juda sifatli -- har bir dyuymda 458 ta belgi, piksellar sig‘imi 2436 x 1125! Telefonni blokirovkadan chiqarish uchun tatbiq qilingan Face ID skaneri ekspertlar tomonidan ham innovatsion texnologiya sifatida qayd etildi.

Yurtimizdagi bahosi: 8,2  mln so‘mni tashkil qiladi.

O‘qing: Yilning beqiyos, hamyonga mos smartfoni — Redmi Note 5 Pro!

Yettinchi o‘rinni esa Samsung Galaxy S9 modeli egallab turibdi. Samsung Galaxy S9 flagmani eng yaxshi kamera, sun’iy aql texnologiyasiga hamda kuchli himoyalangan tizimga ega bo‘lgani bilan avvalgi flagmanlardan ajralib turadi. Dizayn, kamera, animoji texnologiyalari – bular bari o‘ziga xos va yangilik. S9 modelida ekran diagonali  – 5.8 dyuym.

Yurtimizdagi bahosi: 5,2 mln so‘mni tashkil qiladi.

O‘qing: Galaxy S9/S9+ : superflagmanlarning siri!

Sakkizinchi o‘rinda unchalik ham qimmat bo‘lmagan hamda ixchamgina iPhone SE turibdi. Undagi A9 protsessori, 2 gigabaytli tezkor xotira hanuz smartfonning samaradorligi uchun xizmat qiladi. Ekran jajji bo‘lgani evaziga smartfon iOS 11 operatsion tizimida ham tezkor ishlashi bilan foydalanuvchini xursand qiladi.

Yurtimizdagi bahosi: 2,4 mln so‘mni tashkil qiladi.

Samsung Galaxy S8+ flagmani to‘qqizinchi o‘rinni band qilib turibdi. Uning oddiy talqindan bosh farqi -- ekranining yirikligi. 6,2 dyuymli S8 Plus modeli 12 va 8 megapikselli asosiy va old kameralar, 3500 mA soat sig‘imli akkumulyator, ilg‘or Qualcomm Snapdragon 835 protsessori  bilan ta’minlangan. 

Yurtimizdagi bahosi: 5  mln so‘mni tashkil qiladi.

Kuchli o‘nlikni 2017 yilning qiziqarli va ommabop Xiaomi Mi A1 modeli yakunlab bergan. Uning o‘ziga xosligi metall korpus va qo‘sh sensorli  12 + 12 Mp birikuvidagi flagman kamera.  5.5 dyuymli, Full HD sig‘imli IPS ekran esa ayni muddao.  Unga 4 GB tezkor, 64 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Smartfonda yuqori texnologiyali quloqchinlarni qo‘llab-quvvatlaydigan DHS ovoz uzatish algoritmidan foydalanilgan.

Yurtimizdagi bahosi: 1,5 mln so‘mni tashkil qiladi.

O‘qing: "Malika"dagi "selfi-killer" — Redmi S2'ni o‘rganamiz

Hammabop va hamyonbop Xiaomi Redmi 5A 11 o‘ringa munosib ko‘rilgan. 5 dyuymli Xiaomi Redmi 5A apparat ta’minoti uchun taniqli va ishonchdan o‘tgan 4 yadroli, chastota tezligi 1,4 GGs bo‘lgan Snapdragon 425 tanlangan. Hamyonbop model bo‘lgani bois, Xiaomi Redmi 5A HD displey, 2 Gb operativ va 16 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan. microSD yordamida xotirani 128 Gb.gacha kengaytirish mumkin.

Yurtimizdagi bahosi: 820 ming so‘mni tashkil qiladi.

12-o‘rinda esa o‘tgan yildan buyon yaxshi sotilib kelinayotgan Xiaomi Redmi 4X turibdi. Xiaomi Redmi 4X smartfoni bugunda jahondagi eng maqbul va texnologik jihatlarga boy hamyonbop smartfon hisoblanadi. Devays 5 dyuymli IPS matritsali, 1280 x 720 pikselli (HD) ekrani, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 435 protsessori, Adreno 505 video-kartasi, 3 GB operativ hamda 32 GB doimiy xotira talqini bilan o‘ziga xos.

Shu bilan birga, Xiaomi Redmi 4X 13 Mp bosh va 5 Mp old kameraga ega bo‘lgan. microSD yordamida doimiy xotirani 128 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin. Shuningdek, smartfonning akkumulyator batareyasi 4100 mA soat hamda tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yurtimizdagi bahosi: 1.2  mln so‘mni tashkil qiladi.