TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

  •   DiMaX
  •  3674
  •  19.12.2020 15:39

TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Smartfonlardagi tezkor quvvatlash texnologiyasi – keyingi yillarda trendga chiqqan muhim funksiyalardan biridir. Mydrivers nashri 2020 yilda taqdim etilgan modellardan qaysilari bu borada zo‘r ekanligini e’lon qildi.

O‘QING: Quvvati 32 kunga yetuvchi, kvadrokamerali va «o‘ldirib bo‘lmas» bu smartfonni tekinga ham olish mumkin!

Unda birinchi o‘rinni «Xitoycha Apple»ning yubiley superflagmani – Xiaomi Mi 10 Ultra modeli egalladi. O‘z yurtida Xiaomi Mi 10 Extreme Commemorative Edition nomi ostida chiqqan bu smartfonning 4500 mA/soatlik akkumulyatori bor-yo‘g‘i 21 daqiqada to‘lib ulguradi! Bu – bozordagi smartfonlar orasida yarim soatga ham yetmasdan quvvatlanuvchi yagona modeldir.

Umumiy reyting esa quyidagicha:

  1. Xiaomi Mi 10 Ultra (Xiaomi Mi 10 Extreme Commemorative Edition) – 21 daqiqada quvvatlanadi
  2. Realme X50 Pro – 33 daqiqada quvvatlanadi
  3. Oppo Find X2 Pro – 43 daqiqada quvvatlanadi
  4. Xiaomi Mi 10 Pro – 46 daqiqada quvvatlanadi
  5. Huawei Mate 40 Pro – 49 daqiqada quvvatlanadi
  6. Realme X3 Superzoom – 56 daqiqada quvvatlanadi
  7. OnePlus Nord – 57 daqiqada quvvatlanadi
  8. OnePlus 8 Pro – 60 daqiqada quvvatlanadi
  9. OnePlus 8 – 63 daqiqada quvvatlanadi
  10. Poco X3 NFC – 63 daqiqada quvvatlanadi
  11. Galaxy S20 Ultra – 64 daqiqada quvvatlanadi
  12. Poco F2 Pro – 64 daqiqada quvvatlanadi
  13. Galaxy Note 20 – 70 daqiqada quvvatlanadi
  14. Galaxy S20 Exynos – 71 daqiqada quvvatlanadi
  15. Huawei P40 Pro – 74 daqiqada quvvatlanadi

E’tibor bergan bo‘lsangiz, ro‘yxatda birorta ham iPhone yo‘q, kuchli o‘ntalikdan esa faqat xitoylik kompaniyalarning vakillari o‘rin olgan!

Umumiy hisobda reytingga Xiaomi va uning Poco brendiga mansub to‘rtta, Oppo va uning Realme brendidan uchta, OnePlus hamda Samsung kompaniyalarining har biridan uchtadan, Huawei korporatsiyasining ikkita modeli kirgan.

O‘QING: Bayram arafasida Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari egalariga xushxabar bor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.