TOP-5: Dunyo bo‘yicha qaysi planshetlar eng zo‘r sotilyapti?

  •   DiMaX
  •  999
  •  04.08.2021 17:23

TOP-5: Dunyo bo‘yicha qaysi planshetlar eng zo‘r sotilyapti?

Kuni kecha bugun Xiaomi tarixda ilk bor Samsung va Apple’dan o‘zib, Yevropa smartfon bozorida yetakchi bo‘lgani haqida yozgan edik. Bundan tashqari, kupertinolik texnogigant noutbuklar sotish bo‘yicha ham liderlikni qo‘ldan chiqargan.

O‘QING: iPhone 13 Pro ilk «jonli» suratlarda: Ligthning porti yo‘q!

Lekin yilning ikkinchi choragi holatiga ko‘ra, jahon planshet bozorida Apple haliyam birinchilikni ushlab turibdi. Strategy Analytics tahlil kompaniyasining ushbu davr bo‘yicha e’lon qilgan hisoboti shundan dalolat bermoqda.

2021 yilning 2-choragida planshet bozorida Apple hissasi 11 foizga o‘sib, 35 foizni tashkil etgan. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab 15,82 millionta iPad sotishga muvaffaq bo‘lgan.

Eng ommabop planshetsozlar reytingi esa quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • Apple
  • Samsung
  • Lenovo
  • Amazon
  • Huawei

Joriy yilning ikkinchi kvartalida eng katta o‘sish Lenovo’da kuzatilgan – xitoylik kompaniya o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 67 foizga ko‘p planshet sotgan. Mazkur gadjetlar bozorida Huawei eng katta regress namoyon etgan – uning sotuvlari 57 foizga pasaygan.

Guvohi bo‘layotganingizdek, reytingda to‘rtinchi pog‘onani Amazon band etib turibdi. Samsung esa kupertinolik raqibidan keyingi o‘rnini saqlab qolgan va eng ommabop Android-planshet ishlab chiqaruvchi bo‘lib turibdi.

O‘QING: Beshta mobil xizmatdan bir oy bepul foydalanib, 3 dona Samsung planshetidan birini yutib oling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!